www.ziyouz.com kutubxonasi
110
«Ahli kitoblar»ning yana rivoyat etishlaricha, Muso (a.s.)ning qaynilari, Madyanning kohini bo‘lgan Yasrun
dushman tarafida edi. Muso (a.s.)ning jangdagi mo‘‘jizalaridan, u kishiga Alloh zafar berganidan xabar topib,
Muso (a.s.)ning yonlariga mo‘min bo‘lib keldi. Muso (a.s.) unga ko‘p hurmat va ehtirom ko‘rsatdilar.
Yasrun Muso (a.s.)ga bashorat berib, Isroil avlodlarining turli qabilalari o‘rtasida ixtilof paydo bo‘lgani, Musoga
nisbatan xusumat kuchayganini aytdi va qavmga ishonchli, pok, taqvodor odamlardan vakillar tayinlashni, ular
odamlarning xatosi va xiyonatiga yarasha jazo berib turishlarini, har ming kishiga mingboshi, har yuz kishiga yuzboshi,
har ellik kishiga ellikboshi va har o‘n kishiga o‘nboshi tayinlashni, ular qavmlarni boshqarishini, muammolarni hal etishini
maslahat berdi. Muso (a.s.) qavmlari orasida ana shunday boshqaruvni yo‘lga qo‘ydilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo.
Qohira. 274-bet.)
Isroil avlodlari Misrdan chiqqan kundan boshlab, uchinchi oyda bahorning dastlabki kunlarida Turi Siyno
tog‘ining yonidagi vodiyga tushdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |