www.ziyouz.com kutubxonasi
85
intizorlik bilan kutmoqdalar». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-bet.)
Yunus (a.s.) Naynavoga qaytib kelganlarida qavmlari yaxshi kutib oldilar va imon keltirdilar. Yunus (a.s.)ga
hurmat bajo keltirib, aytganlariga itoat qildilar.
َنوُﺪﻳِﺰَﻳ ْوَأ ٍﻒْﻟَأ ِﺔَﺋﺎِﻣ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻨْﻠَﺳْرَأَو
)
١٤٧
(
ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ْﻢُهﺎَﻨْﻌﱠﺘَﻤَﻓ اﻮُﻨَﻣﺂَﻓ
)
١٤٨
(
«Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik. Bas, ular (Yunusga) imon
keltirdilar. So‘ng Biz ularni ma’lum bir muddatgacha bahramand etdik». (Vas-Soffat, 147-148.)
Ibn Abbos (r.a.)ning aytishlaricha, Alloh taolo Yunus (a.s.)ni bir yuz o‘ttiz ming kishiga payg‘ambar etib
yuborgan.
Sa’id ibn Jubayrning fikricha, Yunus yuborilgan qavmning soni bir yuz yetmish mingta edi.
Ubay ibn Ka’b Rasululloh (s.a.v.)dan «Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar
qildik» - degan oyatning mazmuni haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.):
Do'stlaringiz bilan baham: |