qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz». (Anbiyo, 87-88.)
Yunus (a.s.) nahangning qornida bir necha kun qolib ketdilar. Bu muddat haqida tarixchi va mufassir
ulamolar turli fikrlar bildirganlar.
Mujohid ash-Sha’biydan rivoyat qilib, Yunus (a.s.)ni nahang ertalab yutgan va kechqurun quruqlikka
chiqarganini aytadi.
Qatoda esa, bu muddat uch kun bo‘lgan, deb fikr bildiradi.
Ja’far as-Sodiq, yetti kun deb da’vo qiladi va fikrining tasdig‘i uchun Umayya ibn Abis-Saltning she’ridan
quyidagi satrlarni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |