)
٥٢
(
«Bu butlar insonning biror og‘irini yengil qilolmaydi, musibatini daf qilolmaydi, hatto «ha» yoki
«yo‘q» deb javob berishga qodir emas-u, nechun unga sig‘inasizlar?» - desalar, ular:
َﻦﻳِﺪِﺑﺎَﻋ ﺎَﻬَﻟ ﺎَﻧَءﺎَﺑﺁ ﺎَﻧْﺪَﺟَو اﻮُﻟﺎَﻗ
)
٥٣
(
«Otalarimizni shu butga sig‘inganlarini ko‘rganmiz, shuning uchun ularga taqlid qilamiz», - deb javob
berishardi.
َﻦﻳِﺪِهﺎﱠﺸﻟا َﻦِﻣ ْﻢُﻜِﻟَذ ﻰَﻠَﻋ ﺎَﻧَأَو ﱠﻦُهَﺮَﻄَﻓ يِﺬﱠﻟا ِضْرﻷاَو ِتاَوﺎَﻤﱠﺴﻟا ﱡبَر ْﻢُﻜﱡﺑَر ﻞَﺑ َلﺎَﻗ
)
٥٦
(
«U dedi: «Yo‘q! Sizlarning Robbingiz butlar emas, balki osmonlar va Yerning Pavardigoriki, ularni
o‘zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardanman».(Anbiyo, 52-53, 56.)
Nihoyat Ibrohim (a.s.) boshqacha yo‘l tutmoqchi bo‘ldilar.
Bobilliklarning har bir qishlog‘ida bittadan kichik but bo‘lib, eng kattasi «Mardak» deb nomlangan va
bobilliklarning ilohi darajasiga ko‘tarilgan edi.
Bobilliklarning odatlari har yili bayram qilib, katta ziyofatga tayyorgarlik ko‘rib, ziyofat dasturxonini
butxonaga yozishardilar va shahar tashqarisiga chiqib, o‘yin-kulgu qilib qaytganlaridan keyin butlar oldida
ziyofat tanovul qilardilar. Hatto butlarning eng kattasi va bobilliklarning faxri, ilohi bo‘lgan Mardakning oldiga
ham dasturxon yozishib, unga o‘zlari iste’mol qiladigan taomlar va sharoblarni qo‘yishardi.
Ozar o‘zi bilan Ibrohimning orasida paydo bo‘lgan sovuqchilikni yo‘qotish maqsadida: «Ey, Ibrohim! Bugun
bizning bayramimiz, biz bilan borsang, bayramda ishtirok qilsang, qadbingga xursandlik kirardi va har xil
hayollarni unutarding!» - dedi.
Ibrohim (a.s.) tashqariga chiqdilar. Boshlarini ko‘tarib yulduzlar bilan charog‘on osmonni ko‘rdilar va dillariga
bir fikr keldi, uni amalga oshirishning eng qulay fursati bugun ekanligini bildilar.
Ibrohim (a.s.) o‘zlarini kasallikka soldilar va: «Men bemorman» - deb, bayramga bormadilar.
Qavm ham to‘polonda unga biror zarar yetib qolishini nazarda tutib, uning qolishiga rozi bo‘lishdi. Hamma
bayram yig‘iniga ketganda, Ibrohim (a.s.) butxonaga kirsalar, butlarning oyoqlari ostiga turli meva-chevalar
uyub tashlanganini ko‘rdilar. Ibrohim (a.s.) butlarni masxara qilib, yuzlariga shapaloq bilan urib: «Ey butlar,
ovqatlardan yemaysizlarmi, nega gapirmaysizlar?», dedilar va g‘azablari qo‘zg‘ab, bir boltani qo‘llariga olib,
hamma butlarni sindirib chiqdilar va eng katta butning bo‘yniga boltani osib qo‘ydilar.
Qavm bayramdan qaytib kelib, butxonaga kirishdi. U yerda hamma butlarning pachoqlanib yotganini ko‘rib
hammalarining hushlari boshlaridan uchdi. Bir-birlaridan gumonsirab, buni kim qildi, deb so‘ray boshladilar.
Ba’zilari: «Ibrohim degan yigit bizni ayblab, butlarimizni haqoratlab yurar edi, bayramga ham chiqmagan edi», -
deyishdi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Hamma Ibrohimni qidirishga tushdi, qavm undan qasos olishga shoshilardi. Ibrohim (a.s.) esa ko‘pdan
buyon qavm bir joyga jamlanishini, ularga e’tiqodlarining botilligini aytib, hidoyatga chaqirishni orzu qilardilar.
Hamma jam bo‘lgan joyga Ibrohim (a.s.)ni keltirishdi va bu ishni kim qilganini so‘rashdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |