kirgizib qo‘yadi”, - deb dag‘dag‘a qildilar.
Alloh taolo Hud (a.s.)ning payg‘ambarliklarini mo‘‘jiza bilan quvvatlash, qavmlariga esa tavba qilib, hidoyatni
topib olishlariga imkon berishni iroda qildi va ketma-ket uch yil bir tomchi ham yomg‘ir yog‘dirmay
qurg‘oqchilikka mubtalo qildi. Mana shu qiyinchilikdan foydalanib, Hud (a.s.) qavmlarini yana hidoyatga
chaqirdilar va ularga dedilar: «Ey, qavm! Allohga tavba qilib mag‘firat etishini so‘ranglar! Agar tavba
qilsangizlar, Alloh sizlarni kechiradi, osmondan yomg‘ir yog‘diradi, barakangizni qaytaradi va asli holatingizga
keltirib, quvvatlaringizni ziyoda qiladi».
Ammo qavmning diliga hidoyat tushmadi, tavbaga egilmadilar. Aksincha, ular Allohning payg‘ambaridan,
o‘zlari ishonmagan holda, va’da qilingan azobni so‘radilar:
َﻦِﻣ َﺖْﻨُآ ْنِإ ﺎَﻧُﺪِﻌَﺗ ﺎَﻤِﺑ ﺎَﻨِﺗْﺄَﻓ ﺎَﻧُؤﺎَﺑﺁ ُﺪُﺒْﻌَﻳ َنﺎَآ ﺎَﻣ َرَﺬَﻧَو ُﻩَﺪْﺣَو َﻪﱠﻠﻟا َﺪُﺒْﻌَﻨِﻟ ﺎَﻨَﺘْﺌِﺟَأ اﻮُﻟﺎَﻗ
Do'stlaringiz bilan baham: |