«Ey Abu Zar, har bir masjidning salomi bor, u ikki rakat nafl namoz o‘qimoqdir. Bor, ikki rakat
namoz o‘qib ol!»
- dedilar. Men namozni o‘qib, yana Rasulullohning yonlariga o‘tirib so‘radim: «Ey Allohning
Rasuli, siz meni namozga buyurdingiz, namozning o‘zi nima?». Rasululloh (s.a.v) dedilar:
«Oz o‘qisang ham, ko‘p o‘qisang ham eng yaxshi mavzu’ namozdir».
Shu yerda men Rasulullohdan so‘radim: «Payg‘ambarlarning soni nechta?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Bir
yuz yigirma to‘rt ming».
«Qanchasi mursal payg‘ambarlar?». Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uch yuz o‘n
uchtasi».
«Eng avvali kim?». Rasululloh (s.a.v):
«Odam (a.s.) birinchi mursal payg‘ambar, Alloh uni qo‘li bilan yasadi, unga ruh kiritdi va go‘zal
inson qilib yaratdi».
Abu Zar (r.a.)dan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday deyiladi: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey
Allohning Rasuli, Odam payg‘ambarlardan edimi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v):
«Albatta, Odam birinchi bo‘lib Alloh bilan bevosita gaplashgan payg‘ambar edilar» - deb javob
Do'stlaringiz bilan baham: |