Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Tavba va istig‘forning foydasi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   268
 
4. Tavba va istig‘forning foydasi.
Banda biror gunohni qilib qo‘ysa, Alloh taolo uni darhol jazoga giriftor 
qilmasdan, tavba va istig‘for qilishiga imkon beradi. Tavba va istig‘for gunohni nafaqat kechirilishi, jazodan 
qutulishi, balki savobga aylantirilishiga sabab bo‘ladi: 
 
ُﻪﱠﻠﻟا
 
َنﺎَآَو
 
ٍتﺎَﻨَﺴَﺣ
 
ْﻢِﻬِﺗﺎَﺌِّﻴَﺳ
 
ُﻪﱠﻠﻟا
 
ُلِّﺪَﺒُﻳ
 
َﻚِﺌَﻟوُﺄَﻓ
 
ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ
 
ﻼَﻤَﻋ
 
َﻞِﻤَﻋَو
 
َﻦَﻣﺁَو
 
َبﺎَﺗ
 
ْﻦَﻣ
 
ﻻِإ
 
ﺎًﻤﻴِﺣَر
 
اًرﻮُﻔَﻏ
)
٧٠
(
 
“Kimki, tavba qilsa va imon keltirib yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik 
(gunoh)
larini yaxshilik 
(savob)
ga aylantirib qo‘yur. Alloh mag‘firatli va rahmli zotdir”. 
(Furqon, 70.)
Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.):
 «Tavba qilinglar, olov o‘tinni yegandek, tavba gunohni 
yeb tugatadi»
, - deganlar.
2.7. IBROHIM (A.S.)
Qur’oni karim suralarining yigirma beshtasida oltmish to‘qqiz marta Ibrohim payg‘ambar haqida gapirilgan.
Nuh to‘fonidan bir ming sakson yil keyin Bobil (Iroq) mamlakatining Faddomorom shaharida haykaltarosh Ozarning 
xonadonida Ibrohim ismli go‘dak tug‘ildi.
(M. Jodul-Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. Lubnon. 2000 y.. 37-bet.)
Uning nasabini tarixchilar shunday bayon etadilar: Ibrohim ibn Torix ibn Nohur ibn Sorug‘ ibn Arg‘u ibn Folig‘ ibn Obir 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
ibn Sholix ibn Qaynon ibn Arfaxshad ibn Som ibn Nuh (a.s.).
(Tarixi Tabariy, 1-j.162-bet.)
Ibrohimning tug‘ilgan joyi borasida tarixchilarning fikrlari bir necha xildir: 
1. Iroqning janubida joylashgan Tallul-Muqayyar yoki O’r deb nomlangan qadimiy shaharda; 
2. Eronning janubi- g‘arbiy o‘lkalaridan bo‘lgan Ahvozning Sus shahrida; 
3. As-Savod (Iroq)ning Bobil shahrida; 
4. Iroqning janubidagi Uruk (hozirgi nomi Varko) shahrida dunyoga kelgan, keyin otasi uni Namrud tug‘ilgan 
Ko‘so shahriga olib kelgan. 
Ibrohimning tug‘ilgan vaqti esa Namrud ibn Kan’on ibn Ko‘shning podshohligi davriga to‘g‘ri keladi. Namrud 
butun Yer yuziga podshoh bo‘lgan edi.
«Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobiylardan rivoyat etilishicha, Yer yuzida birinchi bo‘lib butun 
insoniyatga podshoh bo‘lgan odam Namrud ibn Kan’on ibn Ko‘sh ibn Som ibn Nuhdir. Ularning aytishlaricha, dunyoda 
butun olamga podshohlik qilgan kishilar to‘rtta bo‘lib, ular-Namrud ibn Kan’on, Sulaymon ibn Dovud, Zul-Qarnayn va 
Buxtunnasrdir». 
(Tarixi Tabariy, 1-j.163-bet.)
Ibn Abbos (r.a.) va Ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyat qilinadiki: «Nuh payg‘ambar bilan Ibrohim (a.s.)ning 
oralaridagi muddatda Hud va Solih (a.s.)dan boshqa payg‘ambar yuborilmagan edi. Ibrohim (a.s.)ning 
zamonlari yaqinlashganda Namrudning huzuriga munajjimlar kelishib: «Biz sizni xabardor qilib qo‘yishni 
burchimiz deb bilamiz. Bizga ma’lum bo‘lishicha, falon muddatda qishlog‘ingizda Ibrohim ismli bir bola tug‘iladi. 
U sizning diningizni yo‘q qiladi, butlaringizni sindiradi», - deb xabar berishdi. 
 
Munajjimlar ogoh qilgan yil boshlanganda, Namrud qishloqma-qishloq yurib, har bir homilador ayolni o‘z 
qishlog‘ida qo‘riqlashib, agar qiz tug‘sa, ozod qilib, o‘g‘il tug‘sa, chaqaloqni darhol o‘ldirishga farmon berdi. 
Bir kuni podshohning shaharda zarur ishi chiqib qoldi. Ammo qattiq band bo‘lganidan, o‘z o‘rniga 
maslahatchisi Ozarni yubordi va unga xotini bilan uchrashmasdan qaytib kelishni buyurdi. Ozar shaharga borib 
podshoh buyurgan ishni bajardi, o‘z uyiga kirib o‘zini tutolmay xotiniga yaqinlik qildi. Ozarning uyi O’r shahrida 
edi. Vaqti soati kelib, Ibrohim tug‘ildi. Ozar uni bir go‘shaga yashirdi. Ibrohim bu go‘shada bir kunda bir haftalik, 
bir haftada bir oylik, bir oyda esa bir yillik chaqaloqdek ulg‘aydi. 
Ozar bir kuni o‘zining yaqinlariga: «Meni bir o‘g‘lim bor, uni podshohning huzuriga olib kelsam, podshohning 
unga zarari yetmasmikin?» - dedi. Ozarning yaqinlari unga: «Podshoh senga ishonadi, olib kelaver!» - 
deyishdi. 
Ozar Ibrohimni yetaklab olib ketayotganda, yo‘lda uning ko‘zi turli hayvonlarga tushdida, har biriga qiziqish 
bilan: «Bu nima?» - deb so‘radi. Ozar Ibrohimga barcha maxluqotlarning nomlarini aytib bera boshladi. Ibrohim 
otasiga: «Bu maxluqlarning albatta rabbisi bo‘lishi kerak» - dedi. 
Kechki payt Ibrohim boshini ko‘tarib osmonga qaragan edi, ko‘ziga Mushtariy yulduzi juda chiroyli ko‘rindi. 
Hayajon bilan: «Mana shu rabbim bo‘lsa kerak!» - dedi. Ammo ozgina fursatdan so‘ng yulduz g‘oyib bo‘ldi. 
Buni ko‘rgan Ibrohim: «Men g‘oyib bo‘luvchilarni yaxshi ko‘rmayman!» - dedi va undan yuz o‘girdi.
Kechaning oxirida ko‘zi oyga tushdi va: «Mana shu robbim bo‘lsa kerak!» - deb unga tikildi. Oy ham ko‘zdan 
g‘oyib bo‘lib ko‘rinmay qolgach: «Agar meni Robbimning o‘zi hidoyat qilib o‘zini tanitmasa, men 
adashuvchilardan bo‘lib qolaman» - dedi.
Tong otganda, hamma yoqni munavvar qilib, quyosh chiqdi. Ibrohim uni ko‘rib: 

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish