Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   268
 
ِﺮَﺧﻵا
 
َﻦِﻣ
 
ْﻞﱠﺒَﻘَﺘُﻳ
 
ْﻢَﻟَو
 
ﺎَﻤِهِﺪَﺣَأ
 
ْﻦِﻣ
 
َﻞِّﺒُﻘُﺘَﻓ
 
ﺎًﻧﺎَﺑْﺮُﻗ
 
ﺎَﺑﱠﺮَﻗ
 
ْذِإ
 
ِّﻖَﺤْﻟﺎِﺑ
 
َمَدﺁ
 
ْﻲَﻨْﺑا
 
َﺄَﺒَﻧ
 
ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ
 
ُﻞْﺗاَو
 
َﻦﻴِﻘﱠﺘُﻤْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ُﻪﱠﻠﻟا
 
ُﻞﱠﺒَﻘَﺘَﻳ
 
ﺎَﻤﱠﻧِإ
 
َلﺎَﻗ
 
َﻚﱠﻨَﻠُﺘْﻗﻷ
 
َلﺎَﻗ
)
٢٧
(
َﻠُﺘْﻘَﺘِﻟ
 
َكَﺪَﻳ
 
ﱠﻲَﻟِإ
 
َﺖْﻄَﺴَﺑ
 
ْﻦِﺌَﻟ
 
ﺎَﻧَأ
 
ﺎَﻣ
 
ﻲِﻨ
 
َﻦﻴِﻤَﻟﺎَﻌْﻟا
 
ﱠبَر
 
َﻪﱠﻠﻟا
 
ُفﺎَﺧَأ
 
ﻲِّﻧِإ
 
َﻚَﻠُﺘْﻗﻷ
 
َﻚْﻴَﻟِإ
 
َيِﺪَﻳ
 
ٍﻂِﺳﺎَﺒِﺑ
)
٢٨
(
 
ﻲِﻤْﺛِﺈِﺑ
 
َءﻮُﺒَﺗ
 
ْنَأ
 
ُﺪﻳِرُأ
 
ﻲِّﻧِإ
 
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
 
ُءاَﺰَﺟ
 
َﻚِﻟَذَو
 
ِرﺎﱠﻨﻟا
 
ِبﺎَﺤْﺻَأ
 
ْﻦِﻣ
 
َنﻮُﻜَﺘَﻓ
 
َﻚِﻤْﺛِإَو
)
٢٩
(
ِﻪﻴِﺧَأ
 
َﻞْﺘَﻗ
 
ُﻪُﺴْﻔَﻧ
 
ُﻪَﻟ
 
ْﺖَﻋﱠﻮَﻄَﻓ
 
 
َﻦﻳِﺮِﺳﺎَﺨْﻟا
 
َﻦِﻣ
 
َﺢَﺒْﺻَﺄَﻓ
 
ُﻪَﻠَﺘَﻘَﻓ
)
٣٠
(
 
 
«Ularga Odamning ikki o‘g‘li 
(Qobil va Hobil)
 haqidagi xabarni haqiqati bilan o‘qib bering! Ikkisi 
qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, unisidan esa qabul qilinmadi. 
(Qurbonligi qabul 
bo‘lmagan Qobil ukasi Hobilga)
: «Seni albatta o‘ldirajakman!» - dedi. 
(Hobil)
 esa: «
(Qurbonlikni)
 Alloh 
aslida taqvoli kishilardan qabul qilur. Agar meni o‘ldirish uchun qo‘lingni men tomonga cho‘zsang, 
men seni o‘ldirish uchun Sen tomonga qo‘limni cho‘zuvchi emasman. Axir men olamlar robbisi – 
Allohdan qo‘rqaman. Men esa, mening gunohimni ham, o‘z gunohingni ham 
(zimmangga)
 olib 
ketishingni va do‘zax ahlidan bo‘lishingni xohlayman. Zolimlarning jazosi shudir», - dedi. Uning havoyi 
nafsi birodarini o‘ldirishni xush ko‘rsatdi va darhol, uni o‘ldirdi. Shu bilan u ziyon ko‘ruvchilardan 
bo‘lib qoldi». 
(Moida, 27-30.) 
Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)ning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar: 
«Qaysi odamzod zulm 
bilan o‘ldirilsa, qotillikning gunohi Qobil ibn Odamga ham yetadi, chunki, Qobil birinchi qotillikni 
paydo qilgan edi». 
Qobil ukasi Hobilni o‘ldirganda, uning yoshi yigirma beshda, Hobilniki esa yigirmada edi. 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
Damashq shahri yaqinidagi «Qosiyun» nomli tog‘ning shimol tarafida bir g‘or bo‘lib, mahalliy xalq uni 
«mag‘oratud dam» (qonli g‘or) deb ataydilar. Ularning e’tiqod qilishlaricha, Qobil ukasi Hobilni shu yerda 
o‘ldirgan. 
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 15-bet.)
 
 
Qobilning avlodlari Alloh yo‘lida yurmadilar, dunyoga kofir bo‘lib tarqaldilar. Ularni hidoyatga chaqirish 
uchun Alloh taolo Shis (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. 
Odam (a.s.)ning hayotlik paytlaridayoq, farzand va nabiralari qirq mingdan ortib ketdi. Qobilning avlodlari 
munkir kishilar bo‘lib, ularning orasida zinokorlik, aroqxo‘rlik va boshqa buzg‘unchilik ishlari kuchaydi. Odam 
(a.s.) Shisning avlodlariga Qobilning avlodlari bilan qudachilik qilmaslikni tayinladilar. 
Qobil ukasi Hobilni o‘ldirgandan keyin, otasi Odamdan qochib Yamanga bordi. U yerda Qobilga Iblis 
yo‘liqib: «Sening qurbonligingni emas, balki Hobilning qurbonligini olov qabul qildi, chunki u olovga sig‘inardi. 
Shuning uchun sen ham olovga sig‘insang, kelajakda sening va avlodlaringning ishlari yaxshi bo‘ladi» - deb 
vasvasa qildi. Qobil olovga sig‘iniladigan birinchi ibodatxona qurdi va birinchi olovga sig‘inuvchi otashparast 
bo‘ldi.
Odam (a.s.)ning vasiyatiga amal qilib, Shis (a.s.) avlodlari tog‘dagi g‘orlarda bir necha muddat poklikda 
yashadilar. Keyin amakivachchalaridan xabar olib kelish maqsadida Qobil tarafga borib, ularning ayollari bilan 
aralashib ketdilar. Shunday qilib, Qobilning avlodlari ko‘payib, hamma yerni egalladilar, o‘z oralarida fasod 
kuchaydi, Alloh unutilib but-sanamlarga sig‘inish boshlandi, payg‘ambarlarning da’vatlari ta’sir qilmadi va Nuh 
(a.s.)ning zamonlarida yoppasiga to‘fonda g‘arq qilindilar. 
Odam (a.s.) vafotlaridan avval Shis (a.s.)ni vasiy etib tayinlagan edilar. Shis (a.s.) kasal bo‘lganlaridan 
keyin o‘z o‘g‘illari Anushga vasiyat qildilar va vafot etganlaridan keyin Abu Qubays tog‘iga Odam (a.s.)ning 
yoniga dafn etildilar. Shis (a.s.) 912 yil umr ko‘rdilar. 
Shis (a.s.)ning o‘g‘illari Anush, otasining vasiyati bilan insonlarni boshqarishni o‘z qo‘liga oldi, payg‘ambar 
bo‘lmagani uchun faqat siyosatni boshqardi va dunyoda birinchi podshoh hisoblandi. 
Tavrotning xabaricha, Anush 905 yil umr ko‘rdi. Ibn Ishoqning rivoyatiga ko‘ra, Anush Yonish ibn Shis deb 
keltiriladi. 
Ibn Abbos (r.a.)ning rivoyatlariga ko‘ra, Anush 90 yoshga kirganda Qaynon ismli o‘g‘il ko‘rdi. Qaynon 910 yil 
yashadi. 
Qaynon va uning xotini Daynadan Mahloiyl ismli o‘g‘il tug‘ildi. Mahloiyl ibn Qaynon tarixda 40 yil podshohlik 
qilgan va uning davrida ko‘p obodonchiliklar, qurilishlar bo‘lgan. U ko‘plab daraxtlarni kesdirib, imoratlar 
qurdirgan, Yerdan qazilma boyliklarni qazib chiqartirgan, masjidlar qurdirgan. Mahloiyl davrida Yer yuzida 
birinchi bo‘lib ikki shahar qurilgan: biri Bobil, ikkinchisi Sus. 
Ba’zi fors tarixchilarning yozishlaricha, Mahloiylning nomi Avshhanj, laqabi Fishdoz (birinchi odil) bo‘lib, 
boshiga podshohlik tojini kiygan va xalqqa ma’ruza qilib, unga podshohlik bobosi Kayumarsdan qolganini, u 
ins va jinlarning kofirlariga o‘ch va azob qilib yuborilganini, Iblisga qahr qilib uni va askarlarini tog‘larga, 
o‘rmonlarga, dashtlarga chiqarib yuborganini, Iblisning odamzodga yomonlik qilmasligi uchun u bilan 
shartnoma tuzganligini, o‘zi barcha iqlimlarning podshohi ekanini so‘zlagan. U qurdirgan ikki shahar: biri 
E’rondagi Ray shahri, ikkinchisi Tabaristondagi Danbovand shahridir.
(Tarixi Tabariy, 114-115-betlar.)
Mahloiyl temirdan turli asboblar yasattirgan, dehqonchilik ishlarini kuchaytirgan, suv miqdorini o‘lchaydigan 
asbob yasattirgan, vahshiy, zararkunanda hayvonlarni o‘ldirishga, ularning terilaridan kiyimlar tayyorlashga 
buyurgan, mol, kiyik va qo‘ylarni tig‘ bilan so‘yishni joriy etgan podshohdir. 
Mahloiyl Yorid ismli o‘g‘il ko‘rdi. Yorid esa Xanux
(Ba’zi rivoyatlarda «Axnux» keltirilgan)
ismli o‘g‘il ko‘rdi. 
Xanux Idris (a.s.)dirlar

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish