Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
130
Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga
chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini
kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi
eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi
uch yuz gaz
(Bir gaz yetmish sm ga teng)
(taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas
ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men Rasululloh (s.a.v.)ga
ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh
(s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari
uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey
Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman».
Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham
taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni
olib chiqib ketdi».
(Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.)
Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu
hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir.
Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam
(a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom
etmoqda.»
Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Xolbuki, bu haqiqatga mos
kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi.
Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah
rivoyat qilgan avvalgi
hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor
zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir-
biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir.
(Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.)
Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz,
Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini
birga tutishlari, ikkovlari birga
Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili
Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir.
Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga
aql bovar
qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar:
«Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi
rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi:
«Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning
orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat
qildim:
Do'stlaringiz bilan baham: