4. Dalil-isbotli qarzlari bo‘lsa uzing.
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: “Otam Badr kuni shahid bo‘ldilar, keyin u kishiga
qarz bergan kishilar qarzlarini qistab kelishdi. Men Rasululloh huzurlariga borib, shu
gapni aytdim. Ul zot qarz bergan kishilardan xurmozorim hosilini qabul qilib, otamni
qarzdan xalos etishlarini iltimos qildilar”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
5. Ota-onangiz hayotliklarida mehmon qilgan kishilarni ular vafotidan so‘ng
ham yo‘qlab, mehmon qilib turing.
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi: Rasululloh: “Otaga qilinadigan yaxshiliklarning eng
afzali u sevgan kishilar bilan aloqani mustahkamlab, ularga hayrixohlik qilishdir”, –
deydilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |