11. Ota yoki ona vafot etishsa, qabr, kafan va boshqa xarajatlar halol moldan
qilinishiga va bu ishlarni bajaruvchilarning roziligi olinishiga erishing (qabrga
qo‘yuvchi solih, obid, olim kishilar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir).
Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislarda shunday deyiladi:
“Kimki o‘likni yuvsa va uning ayblarini bekitsa, Alloh taolo qirq marta uning gunohini
kechiradi”.
“Musulmon banda vafot etganda uning janozasida Allohga shirk keltirmagan qirqta
musulmon hozir bo‘lsa, Alloh taolo ularning sharofatidan mayitning gunohlarini
kechiradi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |