I-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARINING QADIMGI DAVR TARIXI
TARIXSHUNOSLIGI
1.1. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi
tarixshunosligi
O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini
o’rganishda asosiy muammo ularning o’zlari haqida yozma manbalar kam
qoldirganligidadir. Ko’chmanchilar ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, xo’jaligi
va madaniy hayoti haqida ma’lumot beruvchi turli davrga oid manbalar sayyox,
savdogar, elchi yoki missionerlik tarzida yurtimizga kirib kelgan kishilar
tomonidan umumiy tarzda yozib qoldirilgan. Ularda faqat ba’zi voqyealar haqida
ko’proq siyosiy voqyealar haqida to’xtalib, xo’jaligi va yashash tarzi haqida
umumiy ma’lumotlar yozilgan. Bu manbalarda O’rta Osiyoning alohida bir hududi
haqida to’xtalilmay , umumiy ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, xitoylik josus-
elchilarni ko’proq bu o’lkada yashaydigan xaqlarning joylashuvi, chegaralari, aholi
soni, qurollanishi ittifoqchilari qiziqtirgan. Shuning uchun ko’plab xujjatlar bir-
biriga o’xshash va ularda ko’proq geografik nomlar keltirilgan.
“Avesto” yashtlarida ta’kidlangan turlar, danay- turlarining Yaksart saklari
ekanligi. Avestoning muqaddas ilox Anaxitaga bag’ishlangan qismida dastlabki
Turon podsholari qarorgohlaridan Qang’xa (Qang’ye) "baland va muqaddas" deb
ta’riflangan siyosiy va diniy markazning Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lganligi,
bu xalqlardan xaomu pishiruvchi buyuk “tur”lar-xaumovargalarning ham shu
hududda yashashi eslatiladi.
Eron ahamoniylarining Bihustun bitiklarida saklarning katta guruhi saka-
tigraxaudalarning Sirdaryo o’rta oqimida yashaganligi, ularning ittifoqlari haqida
ma’lumot beriladi. Suzadagi saroy qurilishi haqidagi Doro I yozuvida uchi o’tkir
13
kigiz qalpoqli saka-tigraxaudalar ahamoniylarga xiroj olib kelayotganlarning o’n
birinchi guruhida, ot yetaklagan, qo’llarida sarupo tutgan holda tasvirlangan
6
.
Antik davr mualliflari O’rta Osiyoning Sirdaryo xavzasini sak qabilalari
konfederasiyasi tashkil topgan hududlardan biri deydi.Ular saklarning sug’dlar
bilan ko’shnichiligi, so’g’dning sharqiy chegaralari Sirdaryo bo’yi dashtlari bilan
tutash bo’lib, jangovor ko’chmanchilarni Yaksart daryosi sug’dliklardan ajratib
turishi, bu saklarning Yaksart orti saklari saka-xaumavarkalar ekanligini
ta’kidlaydi.
Dionisiy va Periyeigit So’g’d ortida, Yaksart bo’ylab, kamonda jang qiluvchi va
dunyoda undan eng behato otuvchi saklar yashaydi deb ma’lumot beradi.
Ma’lumki, davlatlar tashkil topishida aholining dehqonchilik vohalari bo’ylab
joylashishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunday jarayonlar miloddan avvalgi I
ming yillikning so’ngi choragida Sirdaryo bo’ylarida ham jadal kechmoqda edi.
Qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida O’rta Osiyoning chorvador xalqlari
haqida batafsil ma’lumotlar uchraydi. Bu xalqlar tarixini yozish, Gomer, Esxil,
Aristey kabi adiblar tomonidan boshlangan, lekin skif(sak va massaget)lar haqida
keng va aniq ma’lumotlarni birinchi bo’lib Miloddan avvalgi V asrlarda yashagan
yunon tarixchisi Gerodot beradi
7
. Ksenofont, Ktesiy ( mil. avv V-IV asrlar) kabi
tarixchilar ham bu qabilalar haqida ma’lumot bergan. Yunonlar bosqinidan
keyingi rim manbalarida bu o’lkada yashovchi aholining mohir jangchilar ekanligi,
ular Iskandarni Sirdaryoning naryog’iga o’tishga qo’ymaganligi haqida yoziladi.
Skiflar turmush tarzi, urf-odatlari haqida Gippokrat (m er.av. V-asr) Misr,
Kichik Osiyo, Liviya va Skiflar mamlakatlariga qilgan safar kundaliklarida
ma’lumot beradi.
Kvint Kursiy Ruf (milodiyI asr), Plutarx (milodiy I asr), Arrian (milodiy II asr),
Pompyoy Trog (miloddan avvalgi I asr), Yustin (miloddan avvalgi II-I asrlar) kabi
muarrixlar ham O’rta Osiyo ko’chmanchi qabilalarining turmush tarzi, urf odatlari
va mashg’ulotlari to’g’risida ma’lumotlar beradi
8
.
6
Сагдуллаев А.А. Ўзбекистон тарихи\\Т.,Университет, 1999, 43 б.
7
Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.
8
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.
14
Antik tarixchilardan Strabon(miloddan avvalgi I asr) birinchi bo’lib O’rta
Osiyo ko’chmanchi xalqlarini umumiy bitta (skif) nomi bilan emas alohida
hududiy joylashishiga qarab, mayda guruhlarini ham sanab ko’rsatadi. Uning
yozishicha “Skiflarning katta qismi Kaspiydan boshlab sharqka tomon daxlar
deyiladi. Ulardan sharqdagilar sak va massaget deyiladi”.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid manbalarda hudud aholisi asosan
chorvador ko’chmanchilar ekanligi ta’kidlansa, keyingi manbalarda (miloddan
avvalgi IV-II asrlar) saklarning stasionar manzilgohlari, oddiy uylari borligi haqida
ham ma’lumotlar berilgan
9
.
Xitoy yilnomalarida ko’chmanchi sak qabilalari tomonidan asos solingan
Qang’ davlati haqida eslatiladi. Unda ta’kidlanishicha bu davlat Janubiy
Qozog’iston, Toshkent voxasi, Sirdaryo bo’ylari, Xorazm va So’g’dgacha bo’lgan
hududlarni birlashtirgan edi.
Shuningdek qang’arlar haqida, “paxsa (loy) devorli uylar ichida yashovchi,”-
deb ham ma’lumot beriladi. Bular hududda ko’chmanchi chorvadorlar bilan birga
dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholi salmog’ining ham ancha bo’lganligini
ko’rsatadi.
Shuningdek, ilk o’rta asrlarga mansub Xitoy va arab manbalarida hududga
tutash dehqonchilik viloyati bo’lgan Ustrushona haqida ko’plab ma’lumotlar
berilgan.
Grek va Rim adabiyoti orqali boy va betakror tariximizning antik davri
tasvirlangan go’zal sahifalarga duch kelamiz. Hatto, Homer davrlaridayoq,
skiflarning nomi uzoq Afinaga yetib borgandi. Bu o’rinda Homerning skiflar
haqidagi fikri beixtiyor e’tiborimizni o’ziga jalb etadi. «Homer o’zining poemasida
skiflar haqida kuylagan edi,— deb yozadi Flaviy Arrian «Aleksandrning yurishi»
asarida.— Skiflar haqiqatgo’y odamlar bo’lgan. Ular Osiyoda yashaydi, bir oz
kambag’alrog’u, ammo juda haqiqatgo’y».
Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории, 1954,N2, N8, 212-215с.
9
.Филанович М.И. Ташкент –Зарождения и развитие города и городской культуры \\Т., Фан, 1983 14стр.
15
Bu satrlarni mutolaa qila turib, chuqur o’yga tolasan, kishi. Eramizdan
ilgarigi VIII—VII asrlarda yashagan yunon shoiri Homerning skiflarga bunday
ta’rif berishi tasodifiy hol bo’lmasa kerak, albatta. Bundan ko’rinadiki, o’sha
davrlardayoq Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud
bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek va Rim
sayyohlarn Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta
Osiyo, Xitoy, Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan.
Eramizdan ancha ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot
(Sokrat), Arastu (Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari
yaqindan tanish edi. Bu ulug’ olimlarni o’rta osiyoliklar xuddi o’zlarining
donishmandlaridek hurmat bilan tilga olganlar. Ular haqida xalqimiz orasida
donolik va aql-farosatdan hikoya qiluvchi xilma-xil afsonalar yaratilgan.
Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim
zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish
mumkin
10
Eramizdan avvalgi VI—V asrlardayoq bo’lib o’tgan eron-yunon urushi
chog’ida uzoq yunon o’lkasidan Barkalik butun bir elat Baqtriyaga, milet
o’lkasidagi Branxid va Everget qabilalari So’g’diyonaga Eron shohi Kir tomonidan
badarg’a qilingan edi. Bu haqda Kursiya Ruf o’zining «Aleksandr Makedonskiy
tarixi» asarida shunday bir qiziqarli lavhani keltiradi. Aleksandr branxidlar
yashayotgan shaharga yetib boradi. Branxidlar shohni yaxshi kutib olib, darrov
uning amriga bo’ysunadi. Miletliklar ilgaridan branxidlarni sotqinligi uchun
yomon ko’rishar edi. Shuning uchun shoh branxidlar takdirini hal silishni ularga
topshirdi. Miletliklar bu muammoni hal qila olmagach, shoh uni o’zi hal qilish
uchun kirishib, shaharni o’rab oladida, bitta ham odam qoldirmay qirib tashlaydi.
Kadimgi Yunon viloyati bilan Urta Osiyo (Marg’iyona, Girkaniya,
So’g’diyona, Baqtriya) va hatto Kaspiy bo’ylari, Kavkaz, Parfiya, Hindiston
10
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29б.
Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. М.,1985,219-232 с.
16
o’rtasidagi turli xil aloqalarning (Mavjudlngkni yo’l-yo’lakay bayon etib borishga
harakat qilamiz. Qadimdan Eron, Gresiya, Makedoniya, Misr, Parfyya, Mideya,
Girkaviya, So’g’diyona, Baqtriya, hatto hind va rimliklar o’rtasida ham
mustahkam do’stlik aloqalari mavjud bo’lgan
11
. Urush tufayli, savdo-sotiq,
madaniy va adabiy aloqalar orqali bo’lsada, bu o’lkalarda yashovchi qabilalar, ellar
va elatlar vakillari bir dasturxondan tuz nasiba yeyishgan, quda-qudag’ay
bo’lnshgan. Bir sigirning sutini ichishgan, bir qo’yning go’shtini yeyishgan, hatto
bir xonadonda yotishgan. Bir-birining tilini o’rganishgan, bir-birining diniga
e’tiqod qo’yishgan, bir-birining urf-odatlarini qabul qilishgan.
12
.
Bir-biridan nasl-nasab orttirib, et bilan tirnoq kabi birikib ketishgan.
Musofirlik azobini birga totishgan. Taqdir taqozosiga ko’ra ularning jasadi xam bir
joyga qo’yilgan. Ko’pgina tarixchilar, mabodo Eron, Gresiya, Misr, Makedoniya,
Rim, Marg’iyona, Girkoniya, Turkiya, Kavkaz, So’g’diyona, Baqtriya, hind
o’lkasining antik dunyosi haqida so’z yuritishganda faqat qirg’in-barot urushni,
jaholatni, vahshiylikni, yovuzlikni eslashadi. To’g’ri, bularning hammasiga urush
sababchi, ammo mustahkam do’stlik, kuda-andachilik, qo’shnichplik va hamdard-
lik, madaniy va adabiy aloqalar ham bo’lgan-ku? Qadimgi dunyo xalqlarining turli
xil aloqalari haqida yoki urushlar tarixiga to’xtalganda masalaning mana shu
tomoniga ham e’tibor berishimizga to’g’ri keladi.
Kir, Doro davrlarida ham bobokalonlarimiz Eron va Misr o’lkalariga borib
qolgan. Ehtimol, ularning nasllari hozir ham yashab kelayotgandir. Yoki qadimdan
Urta Osiyoga kelib qolgan greklar, eronliklar, arablar hozir ham biz bilan do’st
bo’lib, quda-qudag’ay bo’lib yashashmoqda. Shu jihatdan olib qaraganimizda,
uzoq tarixga borib taqalgan xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash bugungi
avlodlarning ham burchidir.
11
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008,
75 б.
12
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 30б.
Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.
12
Н.Я.Бичурин(Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена.
,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с.
17
Darhaqiqat, «Iliada» va «Odisseya» dostonlarida eramizdan ilgarigi XIII—
XII asrlar voqyealari tasvirlanadi. Bu davrda greklar bilan troyaliklar o’rtasida
bo’lib o’tgan qirg’in-barot urush o’n yildan ko’proq vaqt davom etadi. Homerning
«Iliada» dostonida tasvirlanishicha; yunonlar Troya yerlarini zabt etganlarida Qora
dengiz sohillariga — Paflagoniya, Sangariy viloyatlariga kelganligi, Hippomolglar
bilan uchrashganligi qayd qilinadi. Biroq, shu o’rinda Homer qaysi asrni nazarda
tutyapti? O’zi yashagan zamonnimi yoki yunon-troya urushi (eramizgacha XIII—
XII asr) davrinimi? Masalaning bu jihati hozircha tarixchilarga ma’lum emas.
Osiyoning g’arbida joylashgan, qulay va go’zal geografik sharoitga ega
bo’lgan„ hozirgi Turkiya davlati hududida barpo etilgan muhtasham va ulkan
Troya shahrini greklar o’n yil davomida qamal qilib turadi. Greklarning ayrim
to’dalari o’shanda skiflar yurtiga kelgan. Greklarning Olviya o’lkasiga qachon va
qanday kelib qolganligi xususida olimlar o’rtasida hamon kuchli munozara,
tortishuv ketmoqda
13
.
Olviya shahri skiflarga juda yaqin masofada joylashgan edi. Hatto bu
shaharda ayrim skif vakillarini ham uchratish mumkin edi. Gerodot Qora dengiz
qirg’oqlari bo’ylab safardaligida Olviya shahri va ularga yaqin joylashgan skiflar
haqida qiziqarli ma’lumotlarni eshitadi. Undan ilgari xam skiflar haqida talaygina
kitoblarni o’qib, ularning hayot kechirish tarziga qiziqib qolgan edi. Grek tarixchisi
Gekatay asarlaridan skiflar haqida birmuncha ma’lumotlar olgan edi. Qadim
zamonlarda Aristey degan shoir o’zining «Arimasplar» poemasida skiflar hayotini
kuylagan. Ulug’ so’z san’atkori Homer o’zining «Odisseya» poemasida skiflar
yurtiga qiskacha ta’rif berib. «bu ellar hamma vaqt tuman bilan qoplangan,
osmonnda qalin bulutlar suzardi» (XI qo’shiq, 14—15 miyeralar) deb aytgan edi.
Mana shu dalillarning o’ziyoq yunonlarning eramizdan ilgarigi VIII—VII
asrlarda skiflar hayotiga qiziqish Bilan qaraganligi, hatto skiflar yurtiga kelib
ketganligidan, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy-siyoyeiy aloqa
13
Қадимги тарихчилар Ўрта Осиё ҳақида. Тузувчи ва таржимон Зоҳир аълам.Т.: Юрист медиа маркази 2008,
83 б.
18
mavjud bo’lganligidan dalolat beradi. Darhaqiqat, yunonlar bilan troyaliklar
o’rtasidagi qariyib o’n yiddan ziyod davom etgan qirg’in-barot urush, eramizdan
avvalgi XIII asrda bo’lib o’tgan edi. Grek lashkarlari hozirgi Turkiya yerlariga
bostirib keladi. Hatto Qora dengiz bo’ylaridagi ayrim elatlarnn ham o’zlariga
qaram kilib oladi.
Homerdan so’ng skiflar hayotiga qiziqish bilan qaragan ma’rifatli ziyolilardan
biri Gerodot edi. Gerodotning skiflar hayotiga qiziqish bilan qarashida Homer
ijodining ta’siri bor, albatta. Gerodot dunyoga kelgan Galikarnos shahri Hamerning
ona shahri Ioniyaga qo’shni hududda edi. Shuning uchun ham Homer poemalari
Ioniya atrofidagi shaharlarda juda ko’p nusxalarda keng tarqalgandi.
Galikarnosliklar Xomer poemalarini o’qishni o’zlari uchun sharaf deb bilganlar.
Hatto ular uchun Homer poemalarini yod olish odat tusiga knrgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |