POMPEY TROG VA YUSTIN
Qadim So’g’diyona tasviri va Urta Osiyoning antik davrlarida ruy bergan voqyealar Pompey Trog va Yustin asarlarida alohida mahorat bilan chizib bernladi. Bu ikkala ulug’ adib ijodining biri ikkinchisining davomidir. Ya’ni Pompey Trog ijodining davomini Yustin ijodida ko’ramiz.
Pompey Trogni biz Yustin ijodi orqali taniymiz. Uning 44 kitobdan iborat
«Filipp tarixi» asari turli xil sabablarga ko’ra keyinchalik yo’qolib ketgan. Pompey Trog bu asarini eramizning 7-yillarida yozdi. Uning hayotiga oid juda kam ma’lumotga egamiz. Pompey Trog Narbon viloyatining Galli elida yashab o’tadi. Uning bobosi Sertori jangida jasorat ko’rsatganligi tufayli imperator Gney Pompey tomonidan Rimning grajdanlik huquqiga ega bo’lgan edi. Uning amakisi Mitridatov jangida Gney Pompey sarkardaligidagi otliq qo’shinning bir qismiga boshliq qi-lib tayinlanadi. Uning otasi imperator Yuliy Sezar davrida kotib va tarjimon bo’lib ishlaydi.
Pompey Trogning «Filipp tarixi» asarida asosan Filipp va Aleksandr Makedonskiy davrida yuz bergan voqyealar tasvirlanadi. Muximi shundaki, asarda faqat Makedoniya tarixi o’z ifodasini topib qolmasdan, o’sha davrda va undan keyin yashab o’tgan shohlar hayoti haqida ham qiziqarli voqyealar tasviri beriladi. Shuningdek, asardan Filipp II hayoti va uning harbiy yurishlari, Aleksandr Makedonskiyning Osiyodagi tarixiy sarguzashtlarga boy xayoti keng o’rin olgan. Hatto o’z zamonasi, Avgust asri bilan bog’liq bo’lgan voqyealar ham qalamga olnnadi.
Pompey Trogning «Filipp tarixi» asari syujeti bilan ham biz asosan Yustin asari orqali tanishamiz54. Muximi shundaki, Yustin asarining ham ko’p sahifalari yo’qolib ketgan. Keyinchalik boshqa bir noma’lum tadqiqotchi bu asarning kam- chiliklarini, yo’kolib ketgan sahifalari o’rnini to’ldirishga harakat qilgan. Shu bilan
54 Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 206-211с
Yustinning nomini jahonga tanitgan Pompey Trogning «Filipp tarixi» asaridir. Pompey Trogni jahonga tanitgan esa Yustinning «Pompey Trog epitomi» nomli asa- ridir. Pompey Trog haqida qisqagina ma’lumot bergan Yustin o’zi haqida lom-lim demaydi. Shu tufayli biz Yustin haqida juda' kiska ma’lumotga egamiz. Uning Avgust asridan keyin eramizning I—II asrlarida Rimda yashab o’tganligi ma’lum, holos.
Bu ikki adib o’z zamonasida unchalik katta obro’-e’tibor topmagan bo’lsa ham, Urta asrlar va Renessans davrlariga kelib, nomlari ko’pchilikka tanish bo’lib qoldi. Yustin hayotining ko’p qismi Avgust asri va undan keyingi davrlar adabiyoti va san’atining rivoji bilan bog’liqdir. Ma’lumki, eramizdan avvalgi 31 yilda o’ziga
«Avgust» degan muqaddas nomni olgan Rim imperatori Oktavian adabiyot va san’atning ravnaq topishi va gullab-yashnashiga aloxida e’tibor bilan qaragan. Imperator zamonasining ulug adiblari va buyuk san’atkorlarini o’z qoshiga chorlab, adabiyot kechalari va san’at anjumanlari o’tkazib turardi. Jaxrn adabiyotiga Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy kabi buyuk so’z san’atkorlarini yetkazib bergan Avgust asri yana o’zining son-sanoqsiz katta-kichik ijodkorlari bilan e’tiborga loyiq55.
Yustin o’z zamonasining adabiyot va madaniyat ahllari bilan yaqin aloqada bo’lgan. Uning «Pompey Trog epitomi» ni varaqlab chiqsak, muallifning katta iste’dod va ilm-ma’rifat egasi bo’lganligini anglaymiz. Uning Pompey Trog ijodiga alohida hurmat bilan qaraganligining o’zi fikrimizning isbotidir.
Yustin tarixni juda yaxshi bilgan, ayni paytda, mahoratli yozuvchi edi. Tarixchi sifatida Pompey Trog hikoya qilingan tarixiy voqyealarning asoslarini puxta o’rgangan va ularga o’zining munosabatini bildirgan bo’lsa, yozuvchi sifatida Pompey Trog asaridagi badiiy tasvirlarning davomchisi sifatida ko’zga tashlanadn. Chunki, asardan yo’qolib ketgan ko’pgina sa-hifalarning badiiy xususiyatlarini va ifoda vositalarini tiklashga harakat qilgan.
55 Юстин. Эпитома Помпей Трога, 212-215
U Pompey Trog asaridagi badiiy epizodlarni o’zining mustahkam g’oyaviy pozisiyasida turib tahlil etadi. Mana shu belgi va xususiyat Yustin dunyoqarashining kengligidan, bi-limining chuqurligidan darak beradi. Aks holda, unga Pompey Trogning tarixiy romanini o’rganish va unga badiiy jilo berish nasib etmagan bo’lardi. Muximi shundaki, Yustin o’z sa-lafining romanini qayta kashf etadi, kerakli o’rinlarda unga badiiy jilo beradi. Hatto Pompey Trog asaridagi ayrim xom, maromiga yetmagan epizodlar Yustin ijodxonasida pishib yetiladi, yozuvchining tasvir uslubida yoritiladi.
Yustin Pompey Trogning dardiga sherik bo’lganligini, ayrim lavha-larni hamdard bo’lib, u bilan birgalikda bitganligini ko’ra-miz. Yana shunisi xarakterliki, Yustin o’ziga yoqmagan ayrim lavhalarni o’z salaflarining asaridan olib tashlagan. yoki boshqa o’rinlarda bunday badiiy lavhalarga qaytadan ishlov bergan. Ba’zi bir o’rinlarda boshqacha holatga duch kelishimiz ham mumkin. Romandagi katta-katta badiiy lavhalarni, tarixiy voqyealar tasvirini o’zi yaratadi. Shuning uchun ham Yustinning xizmati Pompey Trog mehnatidan qolishmaydi. Shu tufayli bo’lsa kerak, Yustin nomi jahon adabiyotida katta hurmat bilan tilga olinadi. Chunki, Yustinning «Pompey Trog epitomi» asari o’ziga xos badiiy asardir. Hatto u g’oyaviy yuksakligi va badiiy go’zalligi jixatidan ayrim grek va Rim romanlaridan ustun turadi. Shuningdek, bu asar ilmiy xarakterga ega. Unda xalqlar tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.
Biz uchun e’tiborli tomoni shundaki, So’g’diyona tarixi va O’rta Osiyoning antik davrlariga oid ayrim epizodlar romanda saqlanib qolingan. Albatta, badiiy lavhalarning hammasi emas, bu davrga tegishli bo’lgan ayrim sahifalar yo’qolgan. Shunday bo’lsa ham, biz saqlanib qolgan epizodlar yuzasidan ham ona yurtimizning tarixiga oid tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak.
Pompey Trog va Yustin haqida qo’lga kiritilgan manbala-rimiz asosan shundan iborat. Bu ikkala adib hayoti va ijodi haqida yirik tadqiqot ishlari olib borgan atoqli rus olimi K. K. Zelin o’zining «Pompey Trog va uning,«Filipp tari- xi»1 asarida bir qator muhim fikrlarni aytib o’tgan. Lekin tarixiy kundaliklar
Makedoniyalik shoh Filipp II davridayoq muhim hujjatlarni saqlaydigan maxsus arxiv mavjud edi.
Bu arxivda Filippning shaxsiy hayotiga oid va uning sal-tanatnga tegishli muhim hujjatlar qattiq nazorat ostida saqlanardi. Bu davlat ahamiyatiga ega bo’lgan xujjatlar orasida Filippning harbiy taktikasini belgilovchi, og’ir janglar tarixini o’rganuvchi va bo’lajak janglar rejasini ifodaloz-chi ma’lumotlar ham mavjud edi. Shuningdek, bu arxivda Yevro-padagi va Osiyodagi ko’pgina katta- kichik mamlakatlarning joylashuz xaritasi, jugrofiy xarakterdagi boshka sxemalar, harbiy bo’linmalarning joylashuv holati mahorat bilan ishlab chiqilgan edi. Bu xujjatlar bilan tanishgan kishi Filippning katta harbiy kuchga ega ekanligiga, uning harbiy taktikasiga hayrat bilan qaramasdan iloji yo’q. Saqlanadigan hujjatlarning tuzilishi, saqlanish tartibi yosh Aleksandrii lol qoldiradi.
U barcha ilmlar singari janglar tarixi bilan ham yaqindan tanishishga kiziqadi. Janglar taktikasining nazariy asoslarini o’rganishga alohida diqqat kiladi. Bunday jang tasvirlari aksariyat hollarda badiiy ifodalardan iborat edi. Jang tafsilotlari qiziq-qiziq badiiy epizodlarda hikoya qilingan. Aleksandr bunday lavha- larnp yoshligida berilnb o’qiydi. 12—13 yoshlar chamasida'gi Aleksandr katta qo’shinga qo’mondonlik qilib, dushman bilan bo’lgan jangda zafar qozonadi. Bo’lib o’tgan jang haqida otasp Filippga to’lib toshib hikoya kiladi. Shubhasiz, bunday g’alabaga erishishda otasi Filippning arxividagi janglar tarixiga oid xujjatlar muhim ahamnyatga ega bo’lgan.
Arxivda Osiyoning fors va arab mamlakatlariga oid ma’lumotlar juda ko’p. Bunday ma’lumotlar grek—Rim adabiyotida xam istagancha topiladn. Chunki Gresiya xam, Rim xam bu mamlakatlar bilan deyarli qo’shni joylashgandn. Aleksandr davridan avval xam bu mamlakatlar o’rtasida o’zaro turli xil aloqalar mavjud bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |