tarix kafedrasi dotsenti A.Pardayev
A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix fo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni” mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga
TAQRIZ
Prezidentimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: «Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Biroq, antik davrlami o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar kifoya qilmaydi, faqat ulaming o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob 15o’lmasin, biz ulaming faqat tashqi shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.
Bitiruvchi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dol^arb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan.
BMIning birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin.
Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Tadqiqotda tarixiylik, ilmiylik, holislik, haqqoniylik prinsiplariga amal qilingan holda umuminsoniy qadriyatlar hamda milliy g’oyadan kelib chiqkan holda yondoshiladi.
Shu bilan birga, Ushbu tadqiqotni to’laqonli yoritishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutqlari, maqolalarida ilgari surilgan g’oya, fikr, ko’rsatmalar asosiy dasturamal bo’lib xizmat kiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy tahlil, qadriyatlar uygunligi tamoyillariga amal qilinadi va ilmiy-metodologik omil, tarixiy-falsafiy qarashlar hamda uslublarga e’tibor beriladi.
Mavzuni o’rganib chiqib shunday xulosaga keldim, ishda ayrim juz’iy kamchiliklar ham uchraydi. Lekin ushbu kamchiliklar ishning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatmaydi deb hisoblayman va ishni ijobiy baholayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |