§ 3.2. Fizikani o‘qitishda intelekt-xarita yoki mental xarita metodidan
foydalanish
Intelekt-xarita
texnolog
iyasini vujudga kelish tarixi.
“Aql Xaritasi” ixtirochisi
va aqliy savodxonlikni oshirish tarafdori Tony Buzan
1942-yilning iyun oyida London shahrida tavvallud
topdi.
22 yoshida “British Columbia University”
oliygohini tamomladi. U yerdan Psixologiya, Ingliz
tili va Matematika mutahasisliklari bo‘yicha oliy
ma`lumotga ega bo‘ldi. O‘z ish faoliyatini 1966-yilda
“Daily Telegraph”, ya`ni “Kunlik Telegraf” da,
hamda “International Journal of MENSA”, ya’ni
156
“MENSA Xalqaro Jurnali” ni nashr etish orqali boshladi. Jahondagi taniqli
ommaviy psixologiya yozuvchilarining biri bo‘lmish Tony Buzan shu kungacha
inson miyasi, psixologiya, yaratuvchanlik va inson xotirasi haqidagi 80 dan ortiq
turli kitoblarini nashr etdi. Jumladan, quyidagi kitoblari uni mashhurlik cho‘qqisiga
olib chiqqan bestseller kitoblardir : “Use Both Sides of Your Brain” (Miyaning ikki
qismini birgalikda ishlatish haqida) “Use Your Head” (Miyyamizdan qanday
unumli foydalanish haqida) “Speed Reading” (Kitobni tez suratda o‘qish haqida)
“Master Your Memory” (Xotirani rivojlantirish haqida) “The Mind Map Book”
(Aql Xaritasi haqidagi kitob) va hokazo. Qiziqarlisi shundaki, uning kitoblari 130
dan ortiq mamlakatlarda nashr etilgan bo‘lib, qariyb 30 xil tillarga tarjima qilingan.
Birgina uning “Use both Sides of Your Brain” kitobi dunyoga dong‘i ketgan IBM,
General Motors, Hewlett-Packard kompaniyalari tomonidan xodimlarni malakasini
oshirish maqsadida samarali foydalanilgan. Ta’kidlash lozimki, Tony Buzan o‘zi
qurgan “biznes imperiyasi” orqali ko‘plab kitoblar sotib, best-seller (eng ko‘p kitob
sotgan) muallifga aylandi va hozirda yil davomida beradigan treyning
mashg`ulotlari va kitoblaridan keladigan gonorarlar bilan hisoblaganda dunyoning
multimillionerlari qatoriga kiradi.Tony Buzanda inson xotirasi va miyasiga qiziqish
uyg`onishi juda qiziq kechgan ekan. Aytishicha, bir kuni universitet imtihonlariga
tayyorlanayotgan Tony Buzan kutubxonaga kiribdi va inson xotirasidan to‘g‘ri
foydalanishga oid kitob so‘rabdi. Bunga javoban, kutubxonachi uni Biologiya
bo‘limiga jo‘natibdi. U yerdagi kitoblar asosan miyamizning tuzilishi haqida
bo‘lgani uchun, kutubxonachiga “Menga miyamiz haqida emas, balkim
miyamizdan qanday foydalanish to‘g‘risidagi kitob kerak” deb yana ta’kidlabdi.
Oxirida esa bunday kitob yo‘qligidan taajjublanib, tanamizning eng zarur bo‘lgan
a`zosi bo‘lmish miyamiz, ya`ni biz ishlatib turgan “Superkompyuter”imiz haqida
hech narsa yo‘qligidan xo‘rsinibdi. Shu voqeadan so‘ng hayotini aynan mana shu
sohani rivojiga sarflashni boshlagan ekan. Hozirda esa dunyo bo‘ylab aynan shu
sohaning otasi hisoblanib, inson imkoniyatlarini yanada rivoji uchun kurashuvchi
sobit qadam trenerga aylanadi. Inson miyasini qanday rivojlantirishini u kishidan
o‘rganganligimiz uchun ko‘plab dunyodagi odamlar kabi shaxsan men bir umrlik
157
qarzdorman. “Inson Xotirasining Susayishi” haqidagi faktni inkor qilishi mumkin
bo‘lgan dalillarni yaratilishida, xotira tushunchasi va uning tarixi haqidagi
ma`lumotlarga ega bo‘lishimizda Tony Buzanning hissasi beqiyosdir. Buni birgina
“Butunjahon Xotira Chempionati” misolida ko‘rishimiz mumkin. Ushbu
chempionat 1991-yili London shahrida Tony Buzan va Rey Kin (ingliz shaxmat
groysmesteri) tomonidan tashkil etilgan. Boshida ko‘pchilik uchun hech qanday
mashhurlikka erisha olmaydigandek tuyulgan musobaqa, bugunga kelib har yili
“Xotira Sporti” bellashuvlarini o‘z ichiga qamrab olgan, dunyoga dong`i ketgan
chempionatga aylandi.Tony Buzan nafaqat kuchli psixolog va ko‘plab kitoblarning
muallifi, balki u xalqaro media yulduzi ham hisoblanadi. U milliy va xalqaro
telekanallar ko‘rsatuvlarida hamda radio eshittirishlarida uzluksiz o‘zining
yangidan-yangi loyihalari, kitoblari haqida ko‘rsatuvlar va eshittirishlar berib
borgan. Misol sifatida uning “Use Your Head” deb nomlangan, 14 qismdan iborat
bo‘lgan video ko‘rsatuvi “BBC” telekanali tomonidan taqdim etilganligini
olishimiz mumkin. Mana endi, Tony Buzan qanday qilib dunyodagi yetuk
yaratuvchanlik qobiliyat sohibi bo‘lganligi haqida tushuncha berib o‘tamiz. Uning
fikricha, maktablardagi ta`lim berish jarayonlarining samaralilik darajasi qoniqarli
emas. Agarda biz yaxshilab e’tibor berib qarasak, maktablarda yaxshi o‘qish,
ko‘proq bilimga ega bo‘lish va o‘rganilganlarni xotiramizda mustahkam saqlab
qolish haqida uqitiladi. Tony Buzanning so‘zi bilan aytganda, inson miyasi va
xotirasi qanday holatda yaxshi ishlashi, qanday ma`lumotlarini yaxshi yodda saqlab
qolishi, qancha vaqt oralig`ida unga tanaffus berish kerakligi, qanday usullardan
samarali foydalanish orqali eslab qolish mumkinligi haqida hech qanday
o‘quvchilarga ma`lumot bermasdan turib, ulardan xotirada saqlab qolish so‘ralishi
mutlaqo noto‘g`ridir. Uning aytishicha, inson xotirasi turli ranglar, turfa-xil rasmlar
va qiziqarli tassavvurlar yordamida yaxshi ishlar ekan. Uzoq muddatli
izlanishlardan so‘ng, Tony Buzan o‘zining akasi bo‘lmish akademik Barry
Buzanning ko‘magida, ta`lim sohasidagi sezilarli rivojlanishga sababchi bo‘lgan
“Mind Mapping”, ya`ni “Aql Xaritasi” texnikalarini yaratdi. Bugungi kunda ushbu
“Aql Xaritasi” dan foydalanib, uning afzalliklarini tan olayotgan minglab pedogog
158
xodimlar va professorlarni topishingiz mumkin. Bu texnika orqali yodda saqlab
qolishning yaxshi tomonlari shundaki, u o‘z ichiga turli ranglar, turfa rasmlar va
kerakli bo‘lgan ma`lumotning kalit so‘zlarini qamrab oladi. Uning yordamida butun
boshli kitobni yoki bir insonning biografiyasini bir varaq qog`ozga joylash orqali
eslab qolishingiz mumkin. U nafaqat yaxshi eslab qolishga, balki miyamizning
chap va o‘ng qismlarini ranglar va rasmlar orqali bir me`yorda ishlashiga yordam
beradi. Quyida siz Tony Buzanning hayoti va uning erishgan yutuqlari haqida
yaratilgan “Aql Xaritasini” ko‘rishingiz va uning qay darajada samarali ekanligini
bilishingiz mumkin. U 2006-yilining dekabr oyida mana shu “Aql Xaritasi” ni
yaratish uchun mo‘ljallangan “Mind Map” deb nomlangan kompyuter
programmasini yaratdi va o‘zining vebsaytiga joyladi. Tony Buzanning kuchli
yaratuvchanligiga shubha qilganlar uchun ushbu dalilni keltirishim mumkin. U
mashhur “IQ” testi, ya`ni “Aql-Idrok Darajasi” ni sinab beruvchi testing
yaratuvchanlik yo‘nalishi bo‘yicha olgan bali orqali jahonda birinchi o‘rinda turadi.
Uning global ta`lim tizimidagi yuksaltirishlarini qo‘llab quvvatlash uchun, hattoki
mashhur “Rok Qiroli” Maykel Jekson o‘limidan oldin 343000 dollar miqdoridagi
chekni Buzanning izlanishlari uchun yozib ketgan. Yana ba’zi manbalarda aytib
o‘tilishicha, Tony Buzanni “Nobel” mukofotiga ham taklif qilinganligi
ta’kidlangan. Fizikani o‘qitishda intelekt xarita metodidan foydalanish
o‘quvchilarning yaxshi tushunishga va pedagoglarning samarali dars o‘tishga katta
yordam beradigan metod hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |