5.28 IMAK (“ISHONTIRISH MAKTABI”
)
STRATEGIYASI
Texnologiya o‘quvchilarda boshqalarni boshqarih (buning uchun dalillarni
topish, ularni asoslash), suhbatdoshni boshqarish, jamoa orasida, turli hayotiy
vaziyatlarda o‘zini tutish malakasi va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish
maqsadida qo‘llaniladi.
Izoh:
1. “Tashkilotchi” lavhada ifodalangan voqeadan kelib chiqqan holda
o‘zining tashkilotchilik qobiliyatini, ishontira olish malakasi, vaziyatni nazorat
qilish, turli vaziyat, sharoitlarda o‘zini tutish, boshqarish ko‘nikmasini namoyon
etish, tarbiyaviy metodlarni qo‘llab, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishga harakat
qilishi lozim; 2. Muhokama chog‘ida o‘qituvchi jamoa bilan birgalikda
“Tashkilotchi” ning o‘zini tutishi, boshqlarni ishontira olishi, madaniyati,
i
v
‐
o
j
375
harakatlaridagi ijobiy va salbiy jihatlarni muhokama qiladi (bunda nizoli vaziyat
bartaraf etish uchun “Tashkilotchi” qanday metodlardan foydalanganini aniqlash
maqsadga muvofiqdir); 3. Strategiyani qo‘llashda o‘quvchi (talaba) lar tomonidan
tayyorlangan pedagogik nizoli vaziyatlardan biri to‘g‘risidagi videolavhani
namoyish etish mumkin; 4.Videolavhani mashg‘ulotning 2- yarmida ekranda yoki
kompyuter orqali namoyish etiladi. U tomosha qilinib, mazmuni jamoa tomonidan
muhokama etiladi. Bu kabi tahlil har bir o‘quvchi (talaba) ga o‘z xatti-
harakatlarining mohiyatini anglash, zarur xulosalarni chiqarish ko‘nikmalariga ega
bo‘lish uchun yordam beradi.
Strategiyani qo‘llash tartibi uyidagicha:
i
v
‐
o
j
376
O’qituvchi o’quvchi (talaba) larni texnologiyadan foydalanish qoidalari bilan
tanishtiradi
Texnologiya shartiga binoan o’quvchilardan biri (ya’ni “Tashkilotchi”) xonadan
chiqadi
Jamoaning boshqa a’zolari pedagogik nizolardan birini yorituvchi muammoli
vaziyatni yaratib, uni muhokama qiladi va sahna ko’rinishini tayyorlaydi
Bu vaqtda “Tashkilotchi” ga rolning mazmuni tushuntirilib, yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan vaziyat haqida ma’lumot beradi
“Tashkilotchi” ga ham tayyorgarlik ko’rish uchun ma’lum vaqt beriladi
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, “Tashkilotchi” auditoriyaga taklif etiladi
Jamoa a’zolari pedagogik nizolarga asoslovchi lavhani namoyish etadi.
“Tashkilotchi” lavhada ifodalangan nizoli vaziyatni bartaraf etishga harakat qiladi
O’qituvchi jamoa bilan birgalikda “Tashkilotchi”ning harakatlarini baholaydi
Mashg’ulot yakunida sinf (guruh) jamoasi “Shaxsning tashkilotchilik qobiliyati”
mavzusida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi
i
v
‐
o
j
377
Do'stlaringiz bilan baham: |