Microsoft Word oquv qollanma latin


 Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
kitob

1.2.2.
 Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi, 
rejimi, balansi va umumiy gidrogeokimyoviy sharoitlari 
Iqlim  va  gidrogeologik  sharoitlarning  kompleks  taʼsirlaridan  sizot 
suvlarining  minerallashganligi  o‘ta  chuchukdan  nomokopgacha  o‘zgarib  turadi 
(200-300  g/l).  Sizot  suvlarining  yotishi  keng  diapozonda  o‘zgarib  turadi.  Sizot 
suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi va kimyoviy tarkibi, fasliy,  yillik va 
ko‘p  yillik  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Sizot  suvlarining  rejimi  va  balansi,  tabiiy  va 
xo‘jalik omillari taʼsirida shakllanadi. 
Har  bir  iqlim  va  gidrodinamik  mintaqalar  doirasida  (chegarasida)  tabiiy 
gidrokimyoviy  sharoitni  murakkablashtiradigan  yoki  o‘zgartiradigan  bir  yoki  bir 
necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga quyidagilar kiradi: 
-  tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va qoldiq 
dengiz sho‘rlanishi; 
-  tarkibida  tuz  bo‘lgan  tub  tog‘  jinslari,  denudatsiya  jarayonlari 
(parchalanishi,  buzilishi,  tashilishi,  yotqizilishi)  va  uning  mahsulotlarini 


 
20 
 
to‘planishi;    sizot  suvlarini  bosimli  yuqori  minerallashgan  suvlar  bilan 
qo‘shimcha ozuqalanishi; 
-  tuproqlarni  soda  bilan  sho‘rlanishiga  olib  keladigan  sizot  suvlarining 
yuqori ishqoriyligi; 
-  balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi. 
Sug‘oriladigan  va  zaxi  qochiriladigan  yerlarda  gidrogeologik  sharoitning 
turli  tumanligi,  meliorativ  tizimlarni  loyiha  qilishda  va  ekspluatatsiya  qilishda 
meliorativ tadbirlarni tabaqalashtirishni zarurligini ko‘rsatadi.  
 
Turli  gidrogeologik-meliorativ  sharoitli  maydonlarni  bir-biridan  ajratish 
uchun  turlarga  bo‘lish  va  gidrogeologik-meliorativ  tumanlashtirish  usullari 
qo‘llaniladi.  Bu  turdagi  ishlar,  o‘z  tarkibiga  tajriba-filtratsion  ishlarni,  yer  osti 
suvlari  rejimi  va  balansi,  filtratsiyani  matematik  modellashtirish,  statistik 
hisoblarni oladigan gidrogeologik sʼyomka asosida bajariladi. 
 
Gidrogeologik  sharoitlar  turi  deganda  tabiiy  sharoitda  yer  osti  suvlarini 
shakllanish sharoiti va qonuniyatlarini xarakterlaydigan, kutilayotgan melioratsiya 
taʼsirini va zaruriy tadbirlar tarkibini qulay gidrogeologik sharoitni taʼminlaydigan 
kompleks koʼrsatkichlarni tushunmoq lozim. 
Gidrogeologik  sharoitni  murakkablik  darajasi  sug‘oriladigan  tumanlarda 
to‘rtta guruhga bo‘linadi: 
1. Nisbatan oddiy sharoitli tumanlar. 
2. O‘rtacha murakkab sharoitli tumanlar. 
3. Murakkab sharoitli tumanlar. 
4. O‘ta murakkab sharoitli tumanlar. 
Orogen  guruhdagi  sug‘oriladigan  tumanlar  gidrogeologik  sharoitning 
murakkabgacha o‘zgarib turadi. Ular suv o‘tkazmas qatlamning katta chuqurlikda 
yotishi bilan va to‘rtlamchi yotqiziqlarni tarkibida suvni yaxshi o‘tkazuvchi mayda 
va  yirik  shag‘al  (galka  va  graviy)  jinslari  mavjudiligi  bilan  harakterlanadi. 
Platforma  guruhidagi  sug‘oriladigan  tumanlar,  odatda  o‘rtacha  murakkablik, 


 
21 
 
murakkab  va  o‘ta  murakkab  sharoitlar  va  regional  suv  o‘tkazmas  qatlamlarni 
kichik  chuqurlikda  yotishi  bilan  harakterlanadi.  To‘rtlamchi  yotqiziqlar  tarkibida 
mayda  va  yirik  shag‘alli  jinslar  boʼlmaydi.  Sizot  suvlari  deyarlik  hamma  yerda 
ozuqa  olganligi  va  doimo  harakatda  bo‘lganligi,  har  doim  va  hamma  yerda  sarf 
bo‘lishi mumkinligi uchun, ozuqa olish maydoni qilib asosiy ozuqalanish jarayoni 
kechadigan  maydon  qabul  qilinadi,  oqim  oqish  (tranzit)  maydoni  qilib 
gidrogeologik  jarayonning  asosiy  omili  bo‘lib  -  oqim  oqish  jarayoni  sodir 
bo‘ladigan  maydon  qabul  qilinadi;  sarflanish  viloyati  qilib  -  asosiy  jarayon  sizot 
suvlari sarf bo‘ladigan maydon qabul qilinadi [20].  
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish