Microsoft Word oquv qollanma latin


 Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
kitob

 
4.5. Suvning o‘simlik organizmida taqsimlanishi 
Suvning o‘simlik organizimida taqsimlanishi uning rivojlanishining fazasida 
turlicha bo‘ladi. G‘o‘zaning rivojlanishi unib chiqish, shonalash, gullash va yetilish 
fazalarida,  g‘allasimonlarniki  esa  unib  chiqish,  to‘planish,  gullash  va  yetilish 
fazalaridan iborat. 
G‘alla  ekinlarining  suvni  eng  ko‘p  iste’mol  qilishi  boshoq  chiqarish 
(to‘planish)  fazasiga to‘g‘ri  keladi.  G‘o‘za  gullash  fazasida  umumiy  sun’iy  55-65 
%  ini  iste’mol  qiladi.  Tuproqda  shu  bilan  birga  tuproqqa  unumdorlik  beradigan 
elementlar  (kislorod,  vodorod,  uglerod,  kaliy,  kalsiy,  magniy,  temir,  azot,  fosfor, 
oltingugurtlar)  ham  bo‘lishi  kerak.  G‘o‘zaning  67-77  %i  suvdan  iborat.  Ekinlar 
oziq  moddalarni  o‘zlashtirishi  va  hosil  tugishi  uchun  ulardagi  suv    va  oziq 
moddalar  ma’lum  nisbatda  bo‘lishi  shart.  Rivojlanishning  har  bir  fazasida 
o‘simlikning  suvga  talabi  agrotexnikaviy  tadbirlarga,  tabiiy  sharoitlarga  va 
gektardan  olinishi  mo‘ljallangan  hosil  miqdoriga  qarab  o‘zgaradi.  Turli  ekinlar 
tuproq  namligini  turlicha  talab  qiladi.  Masalan,  texnika  ekinlari,  ildizmevalar  va 
kartoshka tuproqda to‘liq nam sig‘imining 60-70 %; ko‘p yillik o‘tlar, dukkaklilar 
va g‘allasimonlar  70-80 %; tovar ahamiyatiga ega donli ekinlar 40-50 %; boshqa 
donli ekinlar  50-60 %  nam bo‘lishni talab qiladi. 
Suv  o‘simlik  hayotining  normal  rivojlanishini  muhim  faktorlaridan  biridir 


 
139 
 
o‘simlik  organizmida  sodir  bo‘ladigan  hamma  protsesslar  o‘simlik  hujayralarida 
yetarli  miqdorda  suv  mavjud  bo‘lgan  taqdirdagina  amalga  oshadi.  Ma’lumki, 
o‘simliklar  tanalarida  o‘z  og‘irliklarining  60-95  %  miqdorida  suv  bo‘ladi. 
O‘simliklarning  urug‘lari  unib  chiqishi  uchun  shu  urug‘  og‘irligining  ma’lum 
miqdoridagi  og‘irligi  hisobida  suv  zarur  bo‘ladi.  4.5.1-  jadvalda  o‘simliklar 
urug‘larini  ekilganidan  keyin  unib  chiqqungacha  o‘simlik  organizmi  uchun  zarur 
bo‘ladigan suv miqdori ular og‘irligiga nisbatan % hisobida ko‘rsatilgan. 
 
4.5.1- jadval

O‘simliklar urug‘larini ekilganidan keyin unib chiqqungacha 
o‘simlik organizmi uchun zarur bo‘ladigan suv miqdori. 
№ 
Ekinlar nomi 
Zarur suv miqdori,% 

Chigit 
60,0 

Makkajo‘xori 
44,0 

Bug‘doy 
45,5 

Arpa 
48,2 

 Roj (Javdar) 
57,7 

Suli (Oves) 
60,0 

Qand lavlagi 
120,3 

Tarik (Proso) 
25,0 

Gorox (Noxot) 
107,0 
10 
Loviya 
76,0 
11 
Beda urug‘i 
56,3 
12 
Konoplya 
44,0 
 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki chigit o‘z og‘irligini 
60% miqdorida namlikni (suvni) shimigandagina unib chiqa boshlaydi, shu sababli 
chigitni ekishdan oldin tuproqda yetarldi nam to‘plash uchun har gektar yerga 600-
800 m
3
/ga suv beriladi yoki agar chigit quruq tuproqqa ekilgan bo‘lsa unga undirib 


 
140 
 
olish uchun ham suv beriladi. Bunda tuproqni sovitib yubormaslik uchun 50-60 sm 
tuproq qatlamini namlash uchun har gektar yerga 650-700 m
3
/ga hisobida nam suvi 
beriladi.  Suv  organizmning  asosiy  mineral  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Shu  tufayli 
ham atrof-muhitdagi suvning miqdori harorat bilan bir qatorda yashash muhitining 
eng asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Suv hujayra organoidlarining kolloid holatini 
ta’minlaydi, suvdagi va metabalizm jarayonida qatnashadigan ko‘p organik hamda 
mineral moddalarni eritadi, hujayrani saqlaydi, fermentlar ishini kuchaytiradi. Suv 
va unda erigan mineral tuzlar ildiz orqali o‘simlik organizmiga shimiladi
 
O‘simliklar uchun suvning asosiy manbai yomg‘ir va qor suvlaridir, bundan 
tashqari  o‘simliklar  yana  yer  osti  suvlari,  shudring  va  tumanlardan ham 
foydalanadilar.  Ana  shu  suvlarning  umumiy  miqdori  va  ularning  yil  fasllari 
bo‘ylab  taqsimlanishi  o‘simliklar hayoti  uchun  juda  muhimdir.  Masalan,  ba’zi  bir 
tropik  iqlim  sharoitidagi  mamlakatlarda  ya’ni  Janubiy-Sharqiy  Osiyo  yoki 
Braziliyada  bir  yilda  10000  mm  gacha  yog‘in  yog‘adi,  buning  ustiga  iqlimi 
issiq va qish ham bo‘lmaydi, natijada o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun 
o‘ta qulay 
sharoit 
mavjud. 
Masalan, 
Braziliya hududida 
40 
ming 
va 
Indoneziya hududida 42  mingga  yaqin o‘simlik  turi o‘sadi.  Markaziy  Osiyo  cho‘l 
zonasida  yog‘inning  o‘rtacha  yillik  miqdori  80  150  mm  ni  tashkil  etsa,  Janubiy-
G‘arbiy  Afrikada  joylashgan  Namibiya  sahrosida  (Valfishbay  tumani)  bir  yilda 
taxminan  8  mm  yog‘in  yog‘adi.  Lekin  shunga qaramasdan  bu  yerlarda ham 
o‘simliklar  o‘sadi.  Markaziy  Osiyoning  tog‘li  tumanlarida  yog‘in  ko‘p  yog‘ib, 
1200  mm  gacha  yetadi,  uning  yil  fasllari  bo‘ylab  taqsimlanishi ham  mavjud.  Shu 
sababli  bu hududlarda  7  mingga  yaqin o‘simlik  turlari  o‘sgan bir paytda quruq va 
yozi  issiq bo‘lgan  cho‘l  zonalarida  esa  atigi  800  ga  yaqin  o‘simlik  turi  o‘sadi. 
O‘simliklar  organizmlarida  suv,  moddalar  almashinuvi  uchun  zarur  asosiy  vosita, 
shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi. 
Suv  to‘qimalar  faoliyatini,  oziq  moddalar  va  almashinuv  mahsulotlarining 


 
141 
 
singishini,  fizik  termoregulyatsiyani  va  hayot  faoliyatiga  tegishli  boshqa 
jarayonlarni ta’minlaydi.  
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish