Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Shu payt eshik zarb bilan ochildi va xonaga Beylok xonim kirib keldi. Uning bo’yalgan 
lablari g’azab bilan qimtilgandi. Torn bolani ushlamoqchi bo’ldi, ammo ayol uni itarib 
yubordi va Torn eshikka urildi. Demen karavotdan sakrab tushdi. Ayol Tornga tashlandi, 
u esa ayolning chang solayotgan qo’llarini ushlashga urindi. Ayol uning tomog’idan 
bo’g’ib olganda, uning ko’zlari qinidan chiqib ketay dedi. Torn o’girilmoqchi bo’ldi, ammo 
Beylok uning qo’lini tishlashga ulgurdi. Ularning yonginasidagi stol ustida turgan chiroq 
yerga quladi. Torn chiroqni qo’liga oldi va bor kuchi bilan Beylokning boshiga urdi. 
Chiroqning tutqichi sinib ketdi va Beylok yiqildi. Torn uni yana bir marta urdi. Ayolning 
bosh suyagi sinib ketdi va chakkasidan qon oqa boshladi. Torn o’rnidan turdi va voqeani 
dahshat bilan kuzatib turgan bola tomonga qadam tashladi. Torn uni sudrab yo’lakka 
olib chiqdi. Demen eshiq tutqichiga mahkam yopishdi, ammo Torn uni kuch bilan siltadi. 
Bola uning yuziga chang soldi va ular zinapoyadan yiqilib tushishlariga bir bahya qoldi. 
Bola muvozanatini saqlash uchun elektr simiga yopishdi. Torn uning qo’llarini 
bo’shatishga urindi va ularni tok urib yubordi... 
Hushiga kelgan Torn emaklagancha atrofga nazar tashladi. Bola nariroqda behush 
yotardi. U o’rnidan turib bolani ko’tarmoqchi bo’ldi. Shu payt eshikning g’iyqillab 
ochilgani eshitildi. Torn qiyinchilik bilan o’girildi. Uning ro’parasida Beylok xonim turardi. 
Uning boshidan qon oqayotgandi. U Tornning paltosiga yopishdi va ular yerga 
ag’anashdi. Ayol qonli qo’llarini uning tomog’iga cho’zdi. Beylok xonimning yuzi qon va 
upa aralashmasidan hosil bo’lgan bo’tqa bilan chaplangandi. U oyoriqdan ingrardi. 
Tornning nafasi bo’g’ildi. U Beylok xonimning telbavor ko’zlarini va uning yuziga 
yaqinlashayotgan yuzini ko’rdi. Torn qo’li bilan atrofini paypaslay boshladi. Uning qo’liga 
sanchqi tegdi. U sanchqini mahkam ushladi va zarb bilan Beylok xonimning chakkasiga 
sanchdi. Ayol yonboshiga ayodarildi. Torn zo’rg’a o’rnidan turdi. Beylok xonim dod 
solganicha boshiga sanchilgan sanchqini chiqarishga urinardi.
Torn hali ham hushiga kelmagan go’dakni ko’tardi va garaj tomon yurdi. U mashina 
eshigini ochgan ham ediki, qandaydir g’ingshigan tovushni eshitdi. Qop-qora sharpa 
unga tashlandi va uni yerga qulatdi. Torn o’zini mashina ichiga urdi. Ulkan it uning 
yengidan tishlaganicha uni mashinadan tushirishga urinardi. Bola uning yonidagi 
o’rindiqda yotardi. Torn bo’sh qo’li bilan itning tumshug’iga tushirdi. Atrofga qon 
sachradi va it oyoriqdan g’ingshiganicha uning qo’lini qo’yib yubordi. Torn mashina 
eshigini yopdi. 
U talvasaga tushgancha kalitni izlar, tashqaridagi it esa borgan sari quturib borardi. U 
bor kuchi bilan o’zini orqa oynaga urdi. Nihoyat Torn qaltiroq qo’llari bilan kalitni topdi. 
Bola harakatga keldi va ingrab qo’ydi, it esa yorilib qolgan oynaga o’zini urishda davom 
etardi. Torn oldinga qarab dahshatga tushdi. Uning ro’parasida yana Beylok xonim 
turardi. U katta bolg’ani qo’lida tutgancha mashinaga yaqinlashib kelardi. Torn 
mashinani yurgizdi. Beylok xonim qo’lidagi bolg’ani mashinaga qarata otdi. Shu payt 
oyna yorig’idan itning kallasi mo’raladi. It tishlarini sharaqlatar, og’zidan so’lak oqardi. 
Torn bir qo’li bilan paltosi cho’ntagidan pichoqni oldi va zarb bilan itning ikki ko’zi 
orasiga sanchdi. Pichoq sopigacha kirib ketdi. It sherdek o’kirdi va asta-sekin sirg’alib 
old oyoqlari bilan mashinaga osilib qoldi. Uning ovozi garajni tutib ketdi. Torn mashinani 
orqaga yurgizdi. Beylok xonim dahshat bilan yuzidagi qonli bo’tqani artardi. 
- Jonginam... - dedi u. - Jonginam... 
Mashina o’rnidan siljidi. Ayol uning yo’liga yugurib chiqdi. Torn ayolni aylanib o’tishi 
mumkin edi, lekin unday qilmadi. U lablarini mahkam qimtidi va tezlikni oshirdi. Beylok 
xonim zarbdan uchib ketdi. Jeremi orqani ko’rsatuvchi ko’zguga qaradi. U asfaltda 
yotgan ayolning jasadini va o’tloqda jon talashayotgan itni ko’rdi. 
Mashina katta yo’lga chiqdi. Uning yonida hamon o’ziga kelmagan bola yotardi. Torn 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish