Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
uxlayotganlarida taksichi bemalol yursin deb, boradigan yo’llarini qizil qalamda belgilab 
berishdi. 
San-Benedetto ibodatxonasi yarim vayrona bo’lsada, uning baland qo’rg’oni o’z 
salobatini saqlab qolgandi. Qo’rg’on asrlardan buyon ko’plab qamallarga dosh bergandi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida bu yerni shtabga aylantirgan nemislar ibodatxonadagi 
barcha rohiblarni otib tashlashgandi. 1946 yilda italyanlarning o’zlari uning devori ortida 
yuz bergan xunrezliklarga nisbatan o’ch olish ma’nosida ibodatxonani minomyotlardan 
o’qqa tutishgandi. 
Zamonning barcha sinovlariga qaramasdan, San-Benedetto muqaddas joyligicha qolgan 
va uning devorlari duo-iltijolarning aks-sadosini jimgina yutib kelardi. 
Loyga belangan taksi ibodatxona oldiga yaqinlashdi. Haydovchi uxlab qolgan 
yo’lovchilarni uyg’otishga majbur bo’ldi. 
- Senorlar? 
Torn qimirlab qo’ydi. Jennings oynani tushirdi va atrofga alanglarkan, tongning musaffo 
havosidan to’yib nafas oldi. 
- San-Benedetto, - dedi charchagan haydovchi. 
Torn ko’zlarini ishqadi va qizg’ish osmon ostidagi ibodatxonaning mahobatli manzarasiga 
ko’zi tushdi. 
- Buni qara, - shivirladi Jennings vahima bilan. 
- Yaqinroqqa yursangiz bo’lmaydimi? - so’radi Torn. 
Haydovchi inkor ma’nosida bosh chayqadi. 
Unga uxlab turishni aytib, Torn va Jennings mashinadan tushishdi. Ular bellarigacha 
baland o’sgan o’tlar orasidagi so’qmoqdan borishar, ertalabki shudringdan butun 
kiyimlari ho’l bo’lib ketgandi. Yurish qiyin edi. Jennings bir soniyaga to’xtadi va 
kamerasini olib, ibodatxonani bir necha marta suratga oldi.
- Ishonish qiyin, - shivirladi u. - Jin ursin, ishonish qiyin. 
Torn betoqat bo’lib u yoq-bu yoqqa alanglay boshladi va Jennings unga yetib oldi. Ular 
o’z nafaslari va uzoqdan, ibodatxona ichidan xuddi ingrash kabi eshitilayotgan qo’shiqqa 
quloq solgancha ildamlashardi.
- Bu yer juda qayg’uli ekan, - dedi Jennings ular eshik yoniga yetib kelishganida. 
Qo’shiq ovozi xuddi devorlardan chiqib, ibodatxona yo’laklariga tarqalayotganga 
o’xshardi. Ular tovushning qaerdan kelayotganini aniqlashga uringanicha, asta-sekin 
yurib borishardi. 
- Menimcha buyoqqa, - dedi Jennings uzun yo’lakka ishora qilib. - Iflosligini qara. 
Oldinda jigarrang so’qmoq ko’rindi. So’qmoq ostonasiga tosh yotqizilgan yog’och eshik 
oldiga boshlab borardi. Ular eshikka yaqinlashganlarida qo’shiq balandroq eshitila 
boshladi. Eshikni qiya ochib, Torn va Jennings ichkariga mo’ralashdi. Ular o’zlarini xuddi 
o’rta asrlarga tushib qolgandek his qilishdi. Ular ulkan qadimiy zalni ko’rishdi. Tosh 
zinalar Isoning toshdan ishlangan haykali joylashtirilgan mehrobga olib borardi. Gumbaz 
tuynugidan tushayotgan quyosh nurlari haykalni yoritib turardi. 
- Muqaddas joy, - shivirladi Jennings. 
Torn bosh irg’adi va bino ichini ko’zdan kechirishda davom etdi. Uning nigohi tiz cho’kib 
ibodat qilayotgan rohiblar guruhiga tushdi.
Ularning iltijosi goh balandlar, goh pasayardi. Jennings eksponometr asbobini oldi va 
uning ko’rsatkichlariga nazar tashladi. 
- Ko’zdan yo’qot, - shivirladi Torn. 
- Yoritgichni olib olishim kerak edi. 
- Yo’qot deyapman. 
Jennings Tornga ajablanib qaradi, lekin bo’ysundi. Torn o’ta tashvishlangandek ko’rinardi 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish