Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
hanafiy mazhabimizda bir kishi o‘z ayoliga “inshaalloh taloqsan” desa, taloq tushmaydi.
Chunki Alloh taloqni xushlamaydi, hatto behuda taloq Parvardigorning g‘azabini keltiradi.
Oiladagi birgina janjal tufayli tiliga darhol taloq keladigan erlarning fe’li, ayollarning fe’l-
atvoriga yaqindir. Boisi Alloh taolo ajralish ixtiyorini irodasi mustahkam bo‘lgani uchun
erkaklarga bergan.
“Mishkotul masobih”da keltirilgan bir hadisi sharif mazmuniga ko‘ra, shaytoni la’in o‘z
lashkarlarini
turli yomonliklarga buyurar, ulardan birontasi men bir oilaning orasini
buzdim, desa katta mukofot berar ekan. Mabodo shariatda ko‘rsatilgan sabablar tufayli
ajralishga to‘g‘ri kelganda ham birdan uch taloq qilish man’ qilingan.
Shar’iy sabablar bilan xotinini taloq qiladigan bo‘lsa, birinchi martadayoq uch taloq
demasin, balki ikki hayz o‘rtasida jimo’ qilmasdan bir taloq desin va keyin ham shu
tartibda
ikki marta taloq bersa, sunnatga muvofiq taloq bo‘ladi.
Buning hikmati shuki, oradagi vaqtlarda yarashish xohishi paydo bo‘lsa, yo‘l ochiq
qoladi. Qolaversa, idda vaqtida ayolning nafaqasi erning zimmasida bo‘ladi. Hatto raj’iy
taloq9 qilingan ayol erining unga qaytmog‘i uchun idda vaqtida ziynatlanib,
eriga chiroyli
ko‘rinishga harakat qilishi ta’kidlangan.
Shuni ham aytish lozimki, erning faqat uch marta taloq qilishga haqqi bor, xolos.
Birdaniga uch taloq desa ham, ayri-ayri aytsa ham shunday. Masalan, biror kishi xotinini
bir
taloq qilib, qayta nikohlanib, yana bir taloq qilib, qayta nikohlangan bo‘lsa, uchinchi
taloq qilishidan keyin bu ayoli bilan yarasha olmaydi, toki u ayoli boshqa odamga o‘z
ixtiyori
bilan nikohlanib, u eri o‘z ixtiyori birla taloq qilmagunicha.
Taloq qilishning ikki yo‘li bor:
1.
SARIH.
Ya’ni faqatgina taloq lafzlari bilan adadni qo‘shmay taloq qilish, “sen
taloqsan”, “seni taloq qildim” kabi so‘zlar bilan taloq qilish. Bu holda faqat bir raj’iy taloq
tushadi.
2.
KINOYA.
Taloq so‘zini ishlatmay, taloq niyatida aytilgan boshqa lafzlar orqali holatga
qarab tushadigan taloq. Bu lafzlar uch qismdir.
Birinchisi, er xotiniga “tur”, “yo‘qol”, “chiq”, “tur meni yonimdan”,
deb taloq niyatida
aytsa, taloq tushadi. Xoh g‘azablanib aytsin, xoh taloq muzokarasi holatida, ya’ni taloq
to‘g‘risida bahslashib turgan bo‘lsin, farqsiz. Niyati bir taloq bo‘lsa, bir taloq, niyati uch
taloq bo‘lsa, uch taloq tushadi. Agar erning niyati qo‘rqitish yoki
taloqdan boshqa narsa
bo‘lsa, taloq tushmaydi.
Ikkinchisi, er xotiniga “bo‘shsan, buzilgansan, uzilgansan, man qilingansan” kabi
so‘zlarni aytsa, g‘azab holatida niyatiga qaraladi. Ammo taloq muzokarasi bo‘lib
turganda aytsa, niyatidan qat’i nazar taloq voqe’ bo‘ladi, taloqni niyat qilmasa, bir
boin10, agar niyati uch taloq bo‘lsa, uch taloq tushadi.
Uchinchi qism so‘zlar, ya’ni “idda saqlagin,
bachadoningni pok qil, sen yagonasan, sen
ozodsan, ixtiyor qil, seni ishing va amring o‘z qo‘lingda, o‘z ixtiyoringda, seni haydadim,