Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
rasulullohni o‘rgatish lozim. “Oyat-al kursiy”ni va “Hashr” surasining oxiridagi
“Huvallohullaziy...” deb boshlangan uch oyatni o‘rgatsa, Alloh taolo o‘sha farzandni
doimo xayrli ishlar qilishga muvaffaq qiladi. Shunday
tarbiya bergan ota-onaga
farzandining yaxshi, xayrli amallaridan savoblar beriladi. Aksincha, u sodir etgan yomon
amallarga ota sherik bo‘lmaydi.
Farzand yetti yoshga kirganda namoz o‘qishga buyursin. Agar o‘n yoshgacha namoz
o‘qimasa, hadisi sharifga muvofiq, urib bo‘lsa ham namoz o‘qitish lozim.
Shunda
balog‘atga yetguncha besh vaqt namoz o‘qishga ko‘nikib boradi.
O‘n yoshdan o‘g‘il va qiz bolalarning yotoq joylarini boshqa qilish kerak.
Ota-ona farzandlar bilan muomala qilishda, jumladan, hadya berish, erkalash, lutf va
mehribonlikda adolat qilib, barchalariga bir xil munosabatda bo‘lishi shart.
Mabodo
farzandlaridan birortasini ayricha sevsa ham, buni boshqalariga sezdirib, ularning
ko‘nglini cho‘ktirmasligi lozim.
Biror narsa olib kelsa,
birinchi qizlariga, keyin o‘g‘illariga ulashsin. Chunki qizlarning
qalbi o‘g‘il bolalarga qaraganda nozik va ta’sirchan bo‘ladi. Rasululloh sallallohu alayhi
vasallam:
“Kim qiz bolalarni xursand qilsa, Allohdan qo‘rqib yig‘lagandek bo‘ladi va kimki
Alloh taolodan qo‘rqib yig‘lasa, Alloh taolo uning badanini do‘zax o‘tiga harom qiladi”
,
deb marhamat qilganlar.
Farzand ulg‘ayib
aqlini taniy boshlagach, unga Qur’on, farz, sunnat va boshqa din ilmi va
odobidan ta’lim bersin. Agar o‘zi qodir bo‘lmasa, Imomi A’zam mazhabiga oid komil
ustozga berib, zaruriy ilmlardan boxabar qilsin.
O‘g‘il bolalarga suzish, kamon otish, ot minish kabi yigit
kishi uchun vatan himoyasida,
jangda, musofirchilikda zarur bo‘ladigan hunarlarni va yana biror bir kasbni o‘rgatishi,
qiz bolalarga pishirish, chevarchilik va shunga o‘xshagan ro‘zg‘or uchun zarur ishlarni
o‘rgatmoqlari lozim. Zero, kasb-hunar o‘rganmoq o‘tgan anbiyo-yu avliyolarning
sunnatlari bo‘lib, insonni faqirlik va muhtojlikdan qutqaradi.
Yana farzandlarga kasb-hunar bilan topilgan halol rizqlardan yedirmog‘i vojibdir. Ular
voyaga yetganlari zahoti o‘zlariga mos qalliq topib, oilali qilsinlar.
Aks holda ulardan
biror gunoh sodir bo‘lsa, Alloh asrasin, ota-ona farzandining shu gunohiga sherik bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, Alloh taolo ota-onaga farzandlarni gunohdan pok va Islom
fitratida omonat qilib bergan, o‘z navbatida ota-ona ham bu omonatni
pok va bexiyonat
Alloh taologa havola qilmoqliklari lozim.
Hadisi sharifda ta’kidlanganidek:
“Sizlarning har biringiz oilangizga cho‘pon kabisizlar.
Har biringiz hamma farzandlaringizga va ayollaringizga javobgar bo‘lasiz”.
Shu bois ota-
ona Alloh taolo oldida mas’ul bo‘lmaslik uchun, farzandlarining dini va obro‘sini saqlashi
kerak. Buzuq aqida va nojo‘ya oqimlarga kirib qolmasliklari uchun Ahli sunnat val jamoat
aqidasi, hazrati Imomi A’zam rahmatullohi alayh mazhabi va naqshbandiya tariqati
ta’limoti asosida tarbiyalashi zarur.
Er o‘z xotin va farzandlari
bilan ochiq chehrali, saxovatli, marhamatli, muloyim holda,