www.ziyouz.com
kutubxonasi
33
bee’tibor qo‘ymas.
Ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ziyoratiga erning roziligi bilan borishi vojibdir.
Er-xotin bir-birlari bilan doimo yaxshi va samimiy munosabatda bo‘lishlari lozim. Chunki
ayol bu dunyoda eri bilan yaxshi muomalada bo‘lib, roziligini topsa, jannatda ham o‘sha
eri bilan birga bo‘ladi. Bir kishi muftiydan: “Jannatdagi ayollarimiz kimlar bo‘ladi”, deb
so‘rabdi. Muftiy: “Dunyodagi ayolingiz bilan jannatda ham birga yashaysiz”, debdi. Uning
tepa sochi tikka bo‘lib: “Unday bo‘lsa, ayolim bilan tezroq ajrashay. Bu dunyoda azob
bergani yetmaganday, oxiratda ham azob chekamanmi”, debdi...
Ummu Habiba onamiz:
“Agar ayol bu dunyoda ikki er qilgan bo‘lsa, oxiratda qaysi biri
bilan birga bo‘ladi?”
deb so‘raganlarida, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
“U holda
ayolga tanlash imkoniyati beriladi va ayol o‘ziga bu dunyoda yaxshi muomala qilgan
erini ixtiyor etadi”,
dedilar.
Chiroyli va sohibjamol ayolning eri badfe’l va badsurat bo‘lsa, sabr qilsin. Eri ham Alloh
taolo unga shunday ayol nasib qilganiga shukr aytib, ayolini qadrlasin. Zero, sabr
qiluvchi va shukr qiluvchilarning ikkisi ham jannatda bo‘ladi, inshaalloh.
XOTINNING HAQLARI
Insof bilan aytganda, hech bir jamiyat, hech bir tuzum ayollarga Islom diniday ehtirom
ko‘rsatmagan, uning haqqini aniq va mukammal qilib belgilab qo‘ymagan. Fikrimizni
ushbu mashhur muborak hadis ham tasdiqlaydi:
“Jannat onalar oyog‘i ostidadir”.
O‘z
navbatida, oilada ham ayollarning muayyan haq-huquqlari belgilab qo‘yilgan.
Er zimmasidagi xotinning haqlaridan ba’zisi quyidagilardan iborat: o‘zi yeydigan
taomlardan ayoliga ham yedirish va o‘zi kiyadigan kiyimlardan unga ham, o‘ziga mos
kiyimlar kiydirish. Alloh taolo uning rizqu molini ziyoda qilgan bo‘lsa, u ham ayolining
nafaqasini ziyoda va farovon qilsin.
Erkak xotiniga yaxshilik va husni xulq bilan pandu nasihat bersin, unga muloyimlik bilan
muomalada bo‘lsin. Chunki momomiz Havvo roziyallohu anho jannatda bobomiz Odam
alayhissalomning qaburg‘alaridan yaratilganlar. Ma’lumki, qoburg‘a qiyshiq va qattiq
suyak bo‘lib, agar uni zo‘rlab to‘g‘rilayman desangiz, u sinadi, shu holatga qo‘yib
qo‘ysangiz, qiyshiqligicha turaveradi. Va agar issiq suvga solib qo‘ysangiz, to‘g‘rilanishi
oson bo‘ladi. Shuning uchun ayollarga doim muloyim muomalada bo‘lmoq lozim.
Ulug‘larning ko‘plari xotinlarining nomaqbul ranju amallariga sabru toqat qilar ekanlar.
Ulamolar aytibdilar: xotinning jabru sitamiga sabr qilish bir qancha nomaqbul ishlarning
oldini oladi. Masalan, ayolning ranjiga sabr qilish bolaga nojo‘ya shapaloq tushmasligi,
qozon-tovoq sinmasligi, sigir-buzoq kaltaklanmasligi, kiyimlar yirtilmasligiga hamda
mehmonning qaytib ketmasligiga sabab bo‘ladi.
Hazrati Rasul alayhissalom buyuradilar:
“Qachonki birovlaringizning mingan ulovi
sarkashlik qilsa (ya’ni itoat qilmasa) yoki zavjasining yo biror ahli baytining xulqi yomon
bo‘lib qolsa, bas, uning ikki qulog‘iga azon aytsin”.
Shuning uchun er xotinining yaxshi
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Do'stlaringiz bilan baham: |