MUT’IM IBN ADINING RASULULLOHNI HIMOYASIGA OLISHI
Payg‘ambar alayhis-salomning Toifdagilardan yordam so‘rab borganlaridan Quraysh
mushriklari xabar topishgani uchun u kishi Makkaga kirib borishga botinolmadilar. Shu
bois Mutim ibn Adi ibn Navfal ibn Abdumonofga odam yuborib, uning himoyasida
shaharga kirib olishga izn so‘radilar. Mut’im bolalari bilan qurollanib keldi-da,
rasulullohni Ka’bagacha kuzatib qo‘ydi. Mushriklar undan: "Sen Muhammadga homiy
bo‘ldingmi yoki uning diniga kirdingmi?" deb so‘rashdi. Mutim: "Men faqat uni
himoyamga oldim", deya javob berdi. Mushriklar: "Unday bo‘lsa sening homiyligingga
hurmatan unga tegmaymiz", deyishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |