Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
151
binoan Ali bilan Fazl u kishining qo‘ltig‘iga kirishdi. Abbos oldinda yo‘l boshlab yurdi.
Boshlari tang‘ib bog‘langan sarvari olam minbarning birinchi pillapoyasiga o‘tirdilar.
Odamlar u kishining hurmatlari uchun gur etib o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Payg‘ambar
alayhis-salom Ollohga hamdu sano aytganlaridan keyin:
"Ey xaloyiq! Sizlar payg‘ambaringiz vafot etishidan qo‘rqayapsizlar. Avvalgi
payg‘ambarlar mangu yashagan emas, men ham abadiy yashamayman. Men robbimning
dargohiga ketaman, sizlar ham orqamdan yetib borasizlar. Mendan keyin hijratning
avvalidagi muhojirlarga yaxshi muomala qilishinglarni tavsiya etaman, muhojirlar ham
o‘zaro bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘lishsin. Olloh Qur’ondagi Val’asr surasida bunday
deydi: "Zamon bilan qasamki, barcha inson ziyon ichidadir, faqat imon keltirgan, yaxshi
amallarni qilgan, bir-biriga haqni tavsiya etgan, bir-birini sabrli bo‘lishga undagan
kishilar bundan mustasnodir". Hamma ish Ollohning izni bilan amalga oshadi. Hech bir
ishda shoshqaloqlik qilmanglar, Olloh insonning shoshilishiga qarab bir ishni tezlatmaydi.
Ollohga qarshi urush ochgan odam mag‘lub bo‘ladi, Ollohni aldashni ko‘zlagan odam o‘zi
aldanib qoladi. Muhammad surasining 22-oyatida bejiz: "Agar sizlar hokimiyat
yurgizsanglar yer yuzida yomon ish qilasizlarmi, qarindoshlik munosabatlarini uzib
qo‘yasizlarmi, deyilmagan. Sizlar muhojir ansorlarga yaxshi muomala qilinglar, chunki
ansorlar sizlar Madinaga kelmasdan burun bu yerlarda makon tutgan va oqko‘ngillik
bilan imon keltirishgan. Ansorlarga yahshilik qilinglar, ular topgan-tutganini sizlar bilan
baham ko‘rishdi, uylaridan joy berishdi, o‘zlari muhtoj bo‘la turib, o‘z nafslarini tiyib,
bor-budini sizlardan ayashmadi. Muhojirlardan birov ansorlarga hokim bo‘lsa, ularning
kamchilik va xatolarini kechirsin, o‘zini ulardan yuqori tutmasin. Men sizlardan avval
ketaman, sizlar ham orqamdan yetib borasizlar, sizlar bilan jannatda ko‘rishamiz. Kimki
oxiratda jannatga kirishni istasa, tili bilan qo‘lini yomonlikdan tiysin", dedilar.
Rabbiul avval oyining 13 (dushanba) kuni Abu Bakr musulmonlarga imom bo‘lib
bomdod namozini o‘qiyotganida payg‘ambar alayhis-salom hazrati Oishaning hujrasidan
pardani ochib, odamlarga tabassum qildilar. Abu Bakr rasululloh namozga chiqdilar
degan o‘yda orqa safga chekindi. Payg‘ambar alayhis-salomni ko‘rgan musulmonlar
quvonganlaridan namozlarini ham unutib, u kishining ziyoratlariga yugurishlariga sal
qoldi. Sarvari olam qo‘llari bilan Xudoning ibodatini davom ettiraverishni imo qildilar va
ichkariga kirib, pardani yopib qo‘ydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: