RASULULLOHNING MADINAGA KIRISHLARI
Payg‘ambar alayhis-salom qilich taqqan ansorlar qurshovida Madinaga kirib keldilar.
Quvonchi ichiga sig‘magan madinaliklar ko‘chalarga chopib chiqdilar, bu ularning
hayotidagi eng baxtiyor kun edi. Ko‘chalarni to‘ldirgan ayollar, bolalar, kanizaklar zavq-
shavqqa to‘lib qo‘shiq aytishardi:
Rasululloh to‘lin oydek nur sochib,
Chiqib keldi Saniyyatul-Vado’dan.*
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza,
Biron kimsa qo‘l uzmasin duodan.
Musulmonning shamchirog‘i bu dinni
Olib keldi Rasul bizga Xudodan.
Poyu piyoda, ot-ulovdagi kishilar rasulullohning atrofida girdi-kapalak bo‘lishar, o‘z
uyiga olib kirish uchun tuyaning jilovini talashishardi.
_____________
*Saniyyatul-Vado’ — Madinaga yaqin joydagi adir.
Do'stlaringiz bilan baham: |