Rasululloh Makkaga qaytganlaridan keyin Davs qabilasidan Tufayl ibn Amr elchi bo‘lib
keldi. Bu mashhur sahoba Abu Xurayraning qabilasidan edi. O’z qabilasining mo‘tabar
kishisi, mashhur shoiri bo‘lgan Tufayl Qur’on oyatlarini eshitgach, imon keltirib,
musulmonchilikka o‘tdi. Rasululloh unga: "Izingga qaytib, o‘z qavmingni islomga da’vat
qil", deb buyurdilar va Xudoga yolborib: "Yaratgan egam, Davs qavmini hidoyat qil!"
deya duo qildilar. Tufayl yurtiga qaytib kelgach, rasullohning ko‘rsatmasi bo‘yicha ish
tutdi, bir talay odam islomga kirdi. Bu odamdar keyinchalik payg‘ambar alayhissalomga
juda ko‘p ko‘maklashdilar.