TABUK G’AZOTIGA CHIQMAGAN UCH KISHI HAQIDA HIKOYA
Ka’b ibn Molik Xazrajiy, Murora ibn Robi’ Asiy hamda Hilol ibn Umayya Avsiylar
payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib qilgan ayblari uchun uzr so‘rashdi. Ka’b
kirib kelganda rasululloh zaxarxandalik bilan: "Nega ko‘pchilikdan ajrab qolding?" deya
xushlaymaygina so‘radilar. Ka’b: "Ey rasululloh, sendan boshqa odamning huzurida
bo‘lsam so‘zamollik san’atimni ishga solib uzr aytardim, uni gapimga ishontirib
gazabidan qutilib qolardim. Lekin bugun yolg‘on gapirib sening roziligingga erishganim
bilan Ollohning g‘azabiga uchrashim mumkin. Xudo haqqi, rostini aytsam, mendan xafa
bo‘lasan, biroq haq gapni aytmay ilojim yo‘q. Ollohning karami kengligiga va uzrimni
qabul qilishiga umid bog‘lab to‘g‘risini aytaman. G’azotga chiqmasligimga hech qanday
sabab yo‘q edi", dedi.
Payg‘ambar alayhis-salom "Rostini aytding, bor, Ollohning hukmini kut", dedilar.
Ka’bning ikki sherigi ham rostini aytib uzr so‘rashdi. Rasululloh ularga ham yuqoridagi
javobni berdilar va musulmonlarga aralashib, muomala qilishni ta’qiqladilar, hatto
xotinlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishni ham man etdilar. Hilol ibn Umayyaning xotini
o‘rtaga tushib, erining qariligi va og‘irini yengillashtiradigan xizmatkori yo‘qligini aytib,
shafqat so‘radi. Rasululloh uning uzrini e’tiborga olib, erining xizmatida bo‘lishga ijozat
berdilar. Garchand payg'ambar alayhis-salom marhamat ko‘rsatgan bo‘lsalar-da,
berilgan jazo ularga keng olamni tor qildi, biron kimsa bilan gaplasholmay yuraklari
zardobga to‘ldi, yolgiz Ollohdan o‘zga najotkorlari yo‘qligini anglab, unga sig‘inib,
yolborishdi. Karami keng parvardigor ularning tavbasini qabul qildi.
Payg'ambar alayhis-salom ularga odam yuborib, Olloh taoloning bu katta ne’matidan
bashorat berdilar. To‘da-to‘da odamlar uylariga borib uchovlonni Olloh taolo gunohidan
o‘tgani bilan qutladilar. Ka’b masjidga kirgan paytida payg‘ambar alayhis-salom uni
ochiq chehra bilan qarshilab: "Ey Ka’b, senga hayotingdagi eng yaxshi kun kelgani bilan
bashorat beraman", dedilar. Ka’b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh
tomonidanmi?" deb so‘radi. "Olloh tomonidan", deya javob berdilar rasululloh. Quvonchi
ichiga sig’may ketgan Ka’b: "Ey rasululloh, mening tavbamni qabul etgani uchun bor
mol-mulkimni Ollohga va uning rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o‘zingga ham kerak bo‘lib qoladi", dedilar
va shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqidagi Tavba surasining 118-
oyatini o‘qib bsrdilar: "Olloh g‘azotdan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham
ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu tor bo‘lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
137
o‘zga sig‘inadigan hech kim yo‘qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh
ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya
mehribon(zot)dir".
Do'stlaringiz bilan baham: |