Yalang‘och kishilarning namozi
Yalang‘och kishilar oyoqlarini qibla tarafga uzatib, namozini o‘tirgan holda o‘qishi, ruku va
sajdalarni bosh ishorasi bilan ado etishi mustahabdir. Yalang‘och kishi tik gurgan holda namoz
o‘qiydigan bo‘lsa, ruku va sajdalarni bosh ishorasi bilan yoki to‘liq ado etishi durustdir.
Avrat. Erkakning avrat joyi kindik ostidan tizzasining ostigachadir. Joriyalarning esa, bunga
qo‘shimcha qorni va orqasi ham avratdir. Hur ayollarning yuzi, qo‘llari va qadamlaridan tashqari butun
vujudi avratdir.
Avrat joylarning ochilishi. Avrat joylardan birining to‘rtdan bir qismi ochilsa, namoz durust
bo‘lmaydi. Alohida-alohida avratlardan biroz-biroz ochilib, to‘plami eng kichik avrat joyining to‘rtdan
biriga teng bo‘lsa ham, namoz durust bo‘lmaydi. Agar kam bo‘lsa, namozga mone’ emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |