www.ziyouz.com kutubxonasi
28
NAMOZ KITOBI
Vojib bo‘lishining shartlari
Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor: Islom, balog‘at, aql. Lekin yetti yoshga
to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish
maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Izoh: Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga
to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (engil) uringlar
va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |