Vojib bo‘lishning shartlari
Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob
miqdoridagi mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob miqdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi
yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.
Vojib bo‘lishining vaqti
Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan
avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki
badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.
Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval
berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish
majburiyatini bekor qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |