Tashriq takbiri
Tashriq takbiri quyidagicha:
Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, arafa kuni bomdod namozida jamoatga
yuzlanib: "Shu kunlarda siz aytadigan va Payg‘ambar ham aytgan eng xayrli so‘zlar "Allohu akbar,
Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd " so‘zlaridir" deganlar.
Rivoyatga ko‘ra, tashriq takbirining tarixi shunday: Hazrat Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘li Ismoilni,
alayhissalom, Alloh uchun qurbon qilmoqchi bo‘lgan paytda birdan Jabroilning, alayhissalom, bir
qo‘chqor bilan tushishlari Ibrohimni, alayhissalom, qo‘rqitadi. Jabroil, alayhissalom, yerga tushar
ekan, "Allohu akbar" deydilar. O’zini qo‘lga olgan Ibrohim, alayhissalom, esa "Allohu akbar va lillahil
hamd", deb javob beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |