Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar
Suyak, inson va hayvon yeydigan narsalar, pishiq g‘isht, sopol, sopol idish parchalari, ko‘mir, shisha,
ohak, ipak, paxta, bo‘z (latta) parchasi va uzrsiz o‘ng qo‘l bilan old va orqa yo‘llarni tozalash
makruhdir.
Izoh: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Xachir, ot, eshak go‘ngi va suyaklar bilan
istinjo qilmangiz, chunki suyaklar birodarlaringiz jinlarning taomidir. Ular suyaklarni xuddi
go‘shtlari ajratilmagandek holda topadilar va go‘nglar ularning hayvonlariga arpa, somon bo‘ladi.
Bularning har ikkisi ham faqat oxirzamon Payg‘ambariga maxsus mo‘jizaning dalilidir ", degan
manoda hadislari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |