Arabchadan boshqa tilda azon aytish
Ma’nolarini to‘la ifoda qilsa ham, azon va takbirni arabchadan boshqa tillarda aytish joiz emas.
Muazzinga oid mustahab amallar
1.
Muazzinning solih kishi bo‘lishi.
2.
Azonning sunnatlarini va vaqgini bilish.
3.
Azonni tahorat bilan aytish.
4.
Azonni tahorat bilan va qiblaga yuzlanib aytish (faqat musofirning miniladigan hayvon yoki
transport vositasi ustida bo‘lishi bundan mustasno).
5.
Azon aytayotganida ovozning uzoqroqqa ketishi uchun barmoqlar bilan quloqlarni berkitib olish.
6.
"Hayya alas-solah"ni aytganida yuzini o‘ngga va "Hayya alal-falah"ni aytganida chapga burishi
yoki minoradan boshini chiqarish.
7.
Mustahab bo‘lgan vaqtga rioya qilish bilan birga jamoatning namozga yetishuvini o‘ylab azon
bilan takbir orasida ozroq kutib turish.
Shuningdek, shom namozida uch qisqa oyat o‘qiladigan yoki uch qadam bosadigan darajada
kutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |