Tayammumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari
Tayammumning sabablari va vojib bo‘lishining shartlari tahoratning sabab va shartlari bilan bir xildir.
Tayammumning ruknlari
Tayammumning to‘rtta farzi bor:
1. Niyat
2. Toza tuproqqa qasd qilmoq (qo‘lini urmoq).
3. Yuziga mash qilmoq.
4. Yana ikkinchi bor tuproqqa qo‘lini urib qo‘llarini tirsagi bilan qo‘shib mash qilmoq.
Izoh: Bu haqda Payg‘ambarimizdan, somallohu alayhi va sallam, shunday mazmundagi hadis rivoyat
qilingan: "Yerga birinchi urish bilan yuz, ikkinchisida qo‘llar tirsaklar bilan qo‘shib mash qilinadi.
Qo‘llarni ikki marta yerga urib tayammum qilinadi ". So‘ngra Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va
sallam, odamlarga ko‘rsatib berish maqsadida ikki kaftlarini yerga urib, yuzlariga mash tortadilar,
keyin yana qo‘llarini yerga urib, ham ichki, ham tashqi tomoniga mash tortadilar.
Tayammum qilishdan oldin barmoqlardagi uzuklar chiqariladi. Yuzning ikki quloq orasidagi qismi
to‘la mash qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |