Payg‘ambarlar
Payg‘ambarlar ham bizlardek Alloh taoloning bandalari. Ular ham Odamning, alayhissalom,
farzandlaridir. Lekin ular Alloh taoloning xos bandalari. Yoshliklaridan g‘oyatda akdli va ziyrak,
to‘g‘ri, parhezkor bo‘lganlar. Ular-da hech bir zamonda nuqson va kamchilik bo‘lmagan.
Eng birinchi payg‘ambar Odam alayhissalom bo‘lib, oxir-gisi Muhammad alayhissalomdir.
Kiyomat kunigacha endi hech payg‘ambar chiqmaydi. Muhammad, alayhissalom, oxirzamon
payg‘ambaridir. U zotning dini, ya’ni Islom, to qiyomat kunigacha boqiydir.
Nurul Izoh
Do'stlaringiz bilan baham: |