Oy tutilganida o‘qiladigan namoz Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli
kasallik va oy tutilishi) holatida har kim yakka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi.
Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘kish sunnatdir. Bu esa musulmonlarning bu
hodisalardan dahshatga tushib, ko‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk
ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
o‘rganmaganlar. Go‘yo ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu ne’matlarning
Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir.