Istinjoning hukmi
Old va orqa yo‘ldan chiqqan najosat yuqini badanidan suv yoki tosh (kesak) va shunga o‘xshash
narsalar bilan ketkazish istinjodir.
Old va orqa yo‘l atrofini bulg‘agan najosatni ketkazish sunnatdir.
Najosat chiqqan joyi atrofiga tarqalib, dirham miqdoricha bo‘lsa, uni suv bilan yuvib poklanish
vojibdir. Najas quyuq bo‘lsa, og‘irligi dirham bilan, suyuq bo‘lsa, kengligi kaft kengligi bilan
o‘lchanadi.
Agar najosat tarqalgan miqdor bir dirhamdan (ochiq qo‘l kaftining suv turadigan qismi) ko‘p bo‘lsa, u
yerni suv bilan yuvish farzdir.
Kishi junub bo‘lganidan so‘ng hamda hayz va nifosdan toza bo‘lgan ayol poklanish uchun g‘usl
qilishdan oldin istinjo joyida suv bilan istinjo qilishi, najosat oz bo‘lsa ham, farzdir.
Hojat chiqargach, najas chiqqan joyni kesak va silliq tosh kabi narsalar bilan tozalash sunnat, so‘ng suv
bilan yuvish mustahabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |