Ka’bada o‘qiladigan namoz
1. Ka’baning xoh ichida, xoh ustida bo‘lsin, farz va nafl namoz o‘qish durustdir. Chunki Ka’baning
barcha tomonlari qibladir. Ustida namoz o‘qiydigan kishining sitra qilishi shart emas. Faqat Ka’ba
ustida namoz o‘qish odobga zid bo‘lgani uchun makruh.
2. Ka’ba ustida va ichida, orqasi imomning yuziga bo‘lmagan jamoatiing imomga iqtido qilishi
durustdir, aks holda, nojoizdir.
Z.Ka’ba eshigi ochiq bo‘lganida, uning ichidagi imomga tashqaridan iqtido qilish durustdir.
4. Imom va jamoatning Ka’ba tashqarisida halqa shaklida namozga turishlari ham durustdir. Faqat
imom tomonda Ka’baga imomdan ham yaqinroq.turgan kishining iqtido qilishi durust emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |