Microsoft Word nemis va ozbek tillarida soz birikmalari doc



Download 439,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana21.01.2022
Hajmi439,37 Kb.
#394385
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
nemis va ozbek tillarida soz birikmalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

6

KIRISH 



SO’Z BIRIKMALARI HAQIDA MA’LUMOT 

 

 

 

Bugun  hayotning  o‘zi  oldimizga  fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida 

ommaviy  axborot  vositalarining  o‘rni  va  rolini  yanada  mustahkamlash  vazifasini 

qat’iy  qilib  qo‘ymoqda.  Ommaviy  axborot  vositalarini  yanada  erkinlashtirish, 

nodavlat  matbuot  nashrlari,  radio,  televideniya  faoliyatini  jonlantirish,  ularning 

Internet  global  tarmog‘iga  kirish  imkoniyatlarini  kengaytirish,  olib  borilayotgan 

islohotlar  siyosatining  ochiqligi  va  oshkoraligini  ta’minlashga,  kuchli  fuqarolik 

jamiyatining  izchil  shakllanishiga  madad  berishi  darkor

1

”-deb  fikr  bildirgan  edi 



Prezidentimiz  I.Karimov  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik 

palatasi va senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish 

va  kuchli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etish  –  ustuvor  maqsadimizdir”  ma’ruzasida     

kommunikatsiya  tizimlarini  rivojlantirish  yuqori  texnologik,  zamonaviy  ilg‘or  

pedagogik  texnologiyalardan    foydalanish  imkonini  beradi.  Aynan  shu  xususda 

prezidentimiz  2009  -  yilning    asosiy  yakunlari  va  2010-yilda  O‘zbekistonni 

ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishning 

eng 

muhim 


ustuvor 

yo‘nalishlariga 

bag‘ishlangan  vazirlar  Mahkamasi  majlisidagi  “Asosiy  vazifamiz  Vatanimiz 

taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” ma’ruzasida shunday 

fikr bildirilgan.  

 

Inqirozga  qarshi  choralar  dasturini  amalga  oshirishda  investitsiyalarni  jalb 



etish,  avvalo  ichki    manbalarni    safarbar  etish  hisobidan  iqtisodiyotimizning 

muhim  tarmoqlarini  jadal  modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  qayta 

jihozlash,  transport  kommunikatsiyalarini  yanada  rivojlantirish  va  ijtimoiy 

infratuzilma  obyektlarini  barpo  etish  hal  qiluvchi  ustuvor  yo‘nalishga  aylandi

2

”.  


 

Uzoq  muddatli  istiqbolga  mo‘ljallangan,  mamlakatimizning  salohiyati, 

                                                

1

  Karimov  I.A.      “Asosiy  vazifamiz  –Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada 



yuksaltirishdir.”   Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet. 

2

  Karimov  I.A.      “Asosiy  vazifamiz  –Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada 



yuksaltirishdir.”   Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet. 

 



 

7

qudrati  va  iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi  ahamiyat 



kasb etadigan  navbatdagi  muhim  ustuvor  yo‘nalish – bu asosiy  yetakchi sohalarni 

modernizatsiya  qilish,  texnik  va  texnologik  yangilash,  transport  va  infratuzilma 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirishga  qaratilgan  strategik  ahamiyatga  molik 

loyihalarni amalga  oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.   

 

Albatta,  bu  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun    chuqur  bilim,  teran  tarbiya, 



kamol topgan shaxs jamiyatda muhim o‘rinni egallaydi

1

”. Muhtaram Prezidentimiz 



I.Karimov  “Yuksak  ma’naviyat  -  yengilmas  kuch”  asarida  tarjima  nihoyatda 

mushkul bir san’at ekanligini shunday  so‘zlar bilan e’tirof etgan. “Har qanysi xalq 

yoki  millatning  tafakkuri  turmush  tarzi,  ma’naviy  qarashlari  o‘z-o‘zidan,  bo‘sh 

joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, 

tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz.  

 

Masalan,  sharq  olamida,  jumladan,  o‘zimizning  O‘rta  Osiyo  sharoitida 



jamoa bo‘lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi va odamlarni bir-

biriga  yaqinlashtirishga,  bir-birini  qo‘llab-quvvatlab  hayot  kechirishga  zamin 

tug‘diradi.  Shu  ma’noda  xalqimizning  turmush  va  tafakkur  tarziga  nazar 

tashlaydigan  bo‘lsak,  boshqalarga  hech  o‘xshamaydigan,  ming  yillar  davomida 

shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida 

namoyon bo‘ladigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘ramiz.  

 

Biz  bitiruv  malakaviy  ishimizda  mana  shu  mushkul  muammo  ustida  so‘z 



yuritamiz.  Prezidentimiz  I.Karimov  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch” 

asarida  ma’naviyatni  shakllantiradigan  asosiy  mezonlar  haqida  shunday  fikr 

bildirganlar:  “Biz  milliy    ma’naviyatni  har  tomonlama  yuksaltirish  masalasini  o‘z 

oldimizga  asosiy  vazifa  qilib  qo‘ygan  ekanmiz,  bugungi  kunda  ma’naviyatimizni 

shakllantiradigan  va  unga  ta’sir  o‘tkazadigan  barcha  omil  va  mezonlarni  chuqur 

tahlil  qilib,  ularning  bu  borada  qanday  o‘rin  tutuishini  yaxshi  anglab  olishimiz 

maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

                                                

1

Karimov  I.A.  “Asosiy  vazifamiz  –Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz  farovonligini  yanada 



yuksaltirishdir.”   Toshkent-“O‘zbekiston” -2010, 43-bet.  


 

8

 



Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos 

urf-odat  va an’analari,  hayotiy qadriyatlaridan ayri  holda tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Bu  borada,  tabiiyki,  ma’naviy  meros,  madaniy  boyliklar,  ko‘hna  tarixiy 

yodgorliklar eng muhim omilllardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Bizning  qadimiy  va  go‘zal  diyorimiz  nafaqat  Sharq,  balki  jahon 



sivilizatsiyasi  beshiklaridan  biri  bo‘lganini  xalqaro  jamoatchilik  tan  olmoqda  va 

e’tirof  etmoqda.  Bu  tabarruk  zamindan  ne-ne  buyuk  zotlar,  olimu  ulamolar, 

siyosatchi  va  sarkardalar  yetishib  chiqqani,  umumbashariy  sivilizatsiya  va 

madaniyatning  uzviy    qismiga  aylanib  ketgan  dunyoviy  va  diniy  ilmlarning, 

ayniqsa,  islom  dini  bilan  bog‘liq  bilimlarning  tarixan  eng  yuqori  bosqichga 

ko‘tarishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari 

beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. 

 

Bu  ko‘hna  tuproqda  milodgacha  bo‘lgan  davrda  va  undan  keyin  qurilgan 



murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan 

osori  atiqalarimiz  qadim-qadimdan  o‘lkamizda  dehqonchilik    va  hunarmandchilik 

madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan  

dalolat  beradi.  Mamlakatimiz  hududida  mavjud  bo‘lgan  to‘rt  mingdan  ziyod 

moddiy  ma’naviy  obida  umumjahon  merosining  noyob  namunasi  sifatida 

UNECKO ro‘yxatiga  kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.  

 

Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va 



bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda  kutubxonalarimiz 

xazinasida saqlanayotgan  ming-ming qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, 

adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, 

astronomiya,  me’morchilik,  dehqonchilik  va  boshqa  sohalarga  oid  qimmatbaho 

asarlar  bizning  buyuk  ma’naviy  boyligimizdir.  Bunchalik  katta  merosga  ega 

bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi

1

”. 


 

Ma’naviy boyligimiz haqida shunday fikrlar bildirgan:  

                                                

1

 



Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 2008, 29-31 

betlar.


 


 

9

 



 

“Bir  so‘z  bilan  aytganda  inson  o‘z  timsolida  ham  moddiy,  ham  ma’naviy 

xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli 

mo‘jizasidir.  Shuning  uchun  ham  uning  ichki  dunyosi,  unga  ato  etilgan  fazilat  va 

xislatlarni  oxirigacha  anglash,  tushunishning  o‘zi  o‘ta  murakkab  bir  masala.

 

Mana  shunday  qarash  va  fikrlarni  umumlashtirib,  insonga  xos  orzu-



intilishlarni ro‘yobga chiqarish,  uning ongli  hayot kechirishi   uchun zarur bo‘lgan 

moddiy  va  ma’naviy  olamni  bamisoli  parvoz  qilayotgan  qushning  ikki  qanotiga 

qiyoslasak, o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi. 

 

Qachonki  ana  shu  ikki  muhim  omil    o‘zaro  uyg‘unlashsa,  tom  ma’nodagi 



qo‘sh  qanotga    aylansa,  shundagina  inson,  davlat  va  jamiyat  hayotida  o‘sish-

o‘zgarish, yuksalish jarayonlari  sodir  bo‘ladi. 

 

Biz  istiqlolning  dastlabki  yillaridan  boshlab  xalqimizning  asrlar  davomida 



intilib  kelgan  orzu-maqsadlari  va  zamon  talablarini,  dunyoviy  taraqqiyot 

mezonlarini  hisobga  olgan  holda,  jamiyatimiz  hayotida  ana  shu  ikki  omilning 

uyg‘un tarzda rivojlanishiga alohida e’tibor qaratdik. Mustaqillik biz uchun nafaqat 

iqtisodiy,  balki  beqiyos  ma’naviy  imkoniyatlar  manbai  ekanini  anglab, 

mamlakatimizning  ichki  va  tashqi  siyosatini,  iqtisodiy-ijtimoiy  yangilanish 

jarayonlarini aynan shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berdik. 

 

Shu  o‘rinda    ba’zi  bir  siyosatchi  va  nazariyotchilarning,  oldin  moddiy 



hayotni,  keyin  ma’naviy  masalalarni  o‘ylash  kerak,  degan  mazmundagi  fikrlari 

mutlaqo  xato  bo‘lib,  yangi  jamiyat,  yangi  hayot  qurish  jarayonida  faqat  zarar 

yetkazishi  mumkinligini  bugun  hayotning  o‘zi  har  qadamda  tasdiqlab  bermoqda.

 

Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda,  bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida 



jamiyat a’zolarining o‘z salohiyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun ularga 

birinchi  galda  teng  imkoniyat  va  erkinlik  muhitini,  ham  qonuniy,  ham  amaliy 

shart-sharoitlarni  yaratib  berish  zarur.    Oddiy  qilib  aytganda,  kuch-g‘ayrat  bilan 

birga, bilim  va tajribasi, aql-idroki, kasb  malakasi  yetarli bo‘lgan, qonunlarni, o‘z 

haq-huquqlari  va  majburiyatlarini  yaxshi  bilgan  odamgina  tadbirkorlik  yoki 



 

10

fermerlik bilan shug‘ullanishi, o‘z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi 



mumkin. 

 

Ko‘rinib  turibdiki,  moddiy  va  ma’naviy  hayot  tamoyillari  bir-birini  inkor 



etmaydi,  aksincha,  o‘zaro    bog‘lanib,  bir-birini  to‘ldiradi.  Yuksak  taraqqiyotga 

erishishni orzu qiladigan  har  bir  inson  va jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday 

dialektik va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha oladi. 

 

Ana  shu  haqiqatdan  kelib  chiqqan  holda,  biz  iqtisodiy  o‘nglanish,  iqtisodiy 



tiklanish,  iqtisodiy  rivojlanish  jarayonlarining  ma’naviy  poklanish,  ma’naviy 

yuksalish  harakatlari  bilan  tamomila  uyg‘un  ravishda  rivojlanib  borishini  doimo 

davlatimiz va jamiyatimizning e’tibor markaziga qo‘yib kelmoqdamiz. 

 

Kishilik  tarixi,  bugun  dunyodagi    ko‘pgina  taraqqiy  topgan,  barqaror  va 



badavlat  yashab  kelayotgan  davlatlar  tarjibasi    shundan  dalolat  beradiki,  avvalo 

o‘zining xususiy mulkiga ega bo‘lgan shaxs va bunday shaxslardan tashkil topgan 

toifa o‘zini va oilasini boqishga, shu bulan birga, orttirgan daromadi hisobidan o‘z 

yaqinlari  va  muhtoj  insonlarga  beg‘araz  yordam  ko‘rsatish,  el-yurt  uchun  xizmat 

qiladigan  maktab,  kasalxona,  madaniyat  va  sport  maskanlari  barpo  etish,  bir  so‘z 

bilan  aytadigan  bo‘lsak,  davlat  va  jamiyat  zimmasidagi  ko‘pgina  vazifalarni 

amalga  oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi. 

 

Eng  muhimi,  bunday  insonlar  yurtimizda  tinchlik-osoyishtalik  va 



barqarorlikni  saqlash  va  himoyalash,  yorug‘  kelajagimizni  qurish  yo‘lida  astoydil 

jon kuydirib mehnat qiladi.  

 

Bularning  barchasi  ma’naviy  qadriyatlarimiz,  urf-odat  va  an’analarimizdan 



oziqlangan  iqtisodiy taraqqiyot  yo‘limiz jamiyatimiz  hayotiga qanday  ijobiy ta’sir 

ko‘rsatayotganining    yorqin  ifodasidir.  Eng  muhimi,  yurtimizda  moddiy  va 

ma’naviy  jarayonlarning  o‘zaro  mutanosib  tarzda  rivojlantirilayotgani  siyosiy-

ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning  mustahkam garovi bo‘lib xizmat qilmoqda

1

.

 



Bugungi kunda jamiyatimizda,  ma’naviy  hayotimizda tub o’zgarishlar sodir 

                                                

1

Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Toshkent “Ma’naviyat” 2009, 67-70 betlar 




 

11

bo’lmoqda hamda  milliy istiqlol g’oyasining fundamental asoslari shakllanmoqda. 



Bugungi  kunda  mamlakatimizda  yangi  hayot,  yangi  jamiyat,  poydevorini  barpo 

etishda  erkin  fuqoro  ma’naviyatini  shakllantirish  masalasi  biz  uchun  dolzarb 

ahamiyatga ega

1

.  



 

Ma’lumki,  o’zlikni  anglash  milliy  ong  va  tafakkurning  ifodasi,  avlodlar 

o’rtasidagi  ruhiy-ma’naviy  bog’liqlik  til  orqali  namoyon  bo’ladi.  Jamiki  ezgu 

fazilatlar  inson  qalbiga  avvalo,  ona  allasi,  ona  tilining  betakror  jozibasi  bilan 

singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. 

 

Tilshunoslik  fanining  qiyosiy  lingvistika  yo’nalishiga  bo’lgan  e’tibor, 



qiziqish  doimo  katta  bo’lgan.  Til  paydo  bo’lgandan  buyon  boshqa  tillarga 

qiyoslanadi.  O’zga  tilni  o’rganish  jarayonida  chet  tilining  leksik,  grammatik 

jihatlari  ona  tili  tizimidan  izlanadi,  o’rganiladi.  Tilning  o’zi  paydo  bo’libdiki,  u 

doimo  qiyosga  muhtoj,  aks  holda  hech  bir  tilning  tabiati  va  mohiyatini  o’rganish 

imkoni  bo’lmaydi.  Tillar  tizimini  chog’ishtirishning,  ayniqsa  metodik  ahamiyati 

kattadir.  O’zga  tilni  o’rganish  jarayonida  maqsadli  ravishda  xorijiy  tilning 

xususiyati, belgilarini ona tili tizimidan izlaymiz. 

 

Qiyaosiy  tilshunoslik  serqirra  yo’nalish,  unig  nazariy  va  amaliy  ahamiyati 



barcha  tilshunoslar  tomonidan  e’tirof  etilgan.  A.  Abduazizov,  D.  Ashurova,  A. 

Bushuy,  J.  Jalolov,  H.  Ne’matov,  M.M.  Nusharov,  S.  Saidov,  U.  Yusupov,  M. 

Umarxo’jayev,  S.  Rahimov,  I.  Mirzayev  kabi  ko’plab  mamlakatimiz 

kontrastivistlari  taqdim  qilayotgan  ilmiy  ishlar  qiyosiy  tilshunoslikning  bugungi 

holatini  ko’rsatish  bilan  bir  qatorda  uning  kelajagini  ham  belgilab  olish  imkonini 

beradi


2

 



So’nggi ikki asrda qiyosiy tilshunoslik fani o’ziga xos yutuqlarga erishishdi,  

keyingi  davrda  turli  tillardagi  materiallarni  qiyoslash  natijasida  tilshunoslikning 

yangi  bir  yo’nalishi  tipologiya  fani  shakllandi.  Bunda,  asosiy  e’tibor  tillarning 

fonetik  tizimiga  qaratildi.  Sunga  qaramasdan,  tillarning  o’ziga  xos  o’rganilmagan 

                                                

1

 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., “Ma’naviyat” 2009. -176b. 



2

 Nurmuhammedov A. Safarov Sh. ... Ustozni xotirlab // Qiyosiy tilshunoslik, an’analar va istiqbol. – Samarqand: 

SamDChTI, 2006. -161B. 



 

12

qatlamlari  borki,  ularni  qiyosiy  o’rganish  hamon  davom  etmoqda.  Ana  shunday 



sohalardan biri qiyosiy grammatika sohasidir

1



 

So‘z  birikmalari  gapning  struktural  elementlaridan  biri  bo‘lib,  gapning 

tarkibida  ma’lum  bir  vazifani  bajarib  kelganligi  uchun  grammatikaning  sintaksis 

qismida o‘rganiladi. So‘z birikmalarining  o‘ziga  xos  leksik  ma’nolari,  morfologik 

va  sintaktik  xususiyatlari  yaxshi  o‘rganilgandagina,  gapning  grammatik 

xususiyatlari  aniqroq  ochiladi.  Shu  sababli,  keyingi  yillarda  so‘z  birikmalarini 

o‘rganishga  bag‘ishlangan  ko‘pgina  ilmiy  asarlar  paydo  bo‘ldi.  Nutqda,  gapda 

so‘zlar  ma’lum  grammatik  qoidalar  asosida  bir-biri  bilan  bog‘langan  bo‘ladi. 

Masalan: uning qizi (gapiradi) - seine Tochter (spricht), yosh bola (yuguradi) – ein 

kleines Kind (läuft), sekin gapiradi – leise spricht.  

 

Yuqoridagi  misollardagi  har  bir  juft  grammatik  butunlikni  hosil  qilgan 



bo‘lib,  yaxlit,  biroq  o‘z  ichida  qismlarga  bo‘linadigan  bir  butun  tushunchani 

bildiradi. Bu kompleks qo‘shilmadagi so‘zlarning asli, odatda, grammatik jihatdan 

shakllangan  bo‘ladi.  Ikki  yoki  undan  ortiq  mustaqil  so‘zdan  tuzilib,  tobelanish 

aloqasi  asosida  bir  grammatik  butunlik,  semantik  yaxlitlik  tashkil  qilgan  xar  bir 

kompleks so‘z birikmasi sanaladi.  

 

Demak, so‘z birikmasi deb  ikki  yoki  undan ortiq  mustaqil so‘zlardan  iborat 



bo‘lgan,  gapda  ma’lum  bir  sintaktik  vazifani  bajargan  konstruksiyaga  aytiladi. 

Birikma  mustaqil  so‘zlarning  qo‘shilishi  bilan  hosil  bo‘ladi,  yordamchi  so‘zlar 

(ko‘makchilar) esa o‘zining oldidagi  mustaqil so‘z bilan birgalikda bir komponent 

(tarkibiy  qism)  sanaladi.  So‘z  birikmasi  kompleksidagi  bir  so‘z  hokim  bo‘ladi, 

boshqasi  esa  unga  tobe  bo‘ladi.  Bu  hokim  –  tobelik  holati  o‘sha  qo‘shilishning 

xarakteridan, 

komponentlarning 

grammatik 

xususiyatlaridan, 

formal 


ko‘rsatkichlardan  va  ma’nodan  bilinib  turadi.  Masalan:  oppoq  qor  (qor  -  hokim 

so‘z)  –  der  weiße  Schnee  (Schnee  -  hokim  so‘z);  den  Film  ansehen  (ansehen  - 

hokim)  –  filmni  ko‘rmoq  (ko‘rmoq  -  hokim);  gut  lesen  (lesen  -  hokim)  –  yaxshi 

o‘qimoq  (o‘qimoq  -  hokim).  Birikmadagi  komponentlarning  odatdagi,  neytral 

                                                

1

 Umarxo’jayev M. Qiyosiy tipologiya masalalari. Samarqand: SamDChTI, 2006 – 14.B 




 

13

tartibi  o‘zbek  tilida    quyidagi  qoidaga  asoslanadi:  tobe  so‘z  hokim  so‘zdan  oldin 



keladi.  Tobe  so‘zning  formasi  hokim  so‘zga,  uning  talabiga  qarab  o‘zgaradi. 

Masalan: maktabga bormoq, maktabdan kelmoq.  

 

Demak,  so‘zning  har  bir  formalarga  kirishishi  uning  boshqa  so‘zlar  bilan 



bo‘lgan  munosabatiga  –  bu  munosabatlarning  leksik  -  grammatik  xususiyatlariga 

bog‘liq  bo‘ladi.  Nutqdagi  har  qanday  butunlik  grammatik  va  semantik  butunlik  – 

sintaktik  konstruksiya  bo‘lavermaydi,  bu  bohlanishning  boshqacha  ko‘rinishlari 

ham bor.  

 

Gapni  so‘z  birikmasidan  farqlash  kerak.  Gapning  so‘z  birikmasidan  farqi 



shundaki,  gap  predikatsiya  bilan  ifodalangan,  ya’ni  ma’lum  bir  fikr  anglatish 

uchun  maxsus  tashkil  topgan  kommunikativ  konstruksiyadir.  So‘z  birikmasi  esa 

gapning bir elementi, muhim bir qismi sifatida tekshiriladi. U so‘zlarning atributiv 

(aniqlovchi  bilan  aniqlanishi),  obyektli  (to‘ldiruvchi  bilan  kesim)  va  releativ  (hol 

bilan  kesim)  aloqaga  kirishuvidan  tarkib  topib,  asosan  nominativ  xarakterda 

bo‘ladi.  

 

So‘z  birikmasi  bilan  sintagma  orasida  yaqin  munosabat  mavjud.  Nutq 



jarayoni  ohang  va  mazmunan  bir  butun  bo‘lgan  so‘z  va  so‘z  guruhlaridan  tashkil 

topadi.  Ohang  va  mazmunan  bir  butunlikni  tashkil  qiluvchi  bunday  so‘z 

guruhlariga  sintagma  deb  ataladi.  Morfologik  jihatdan  qismlarga  bo‘linuvchi 

so‘zlar, so‘z birikmalari jumla yoki gap sintagma bo‘lishi mumkin. Masalan: Viele 

Studenten  badeten  am  Tage  darak  gapini  ikki  sintagmaga  ajratish  mumkin.  Ikki 

sintagmali  darak  gaplar  birinchi  sintagmada  tugallanmagan  va  oxirgi  sintagmada 

esa 

tugallangan 



ohangga 

ega. 


Sintagmalar 

bir-biridan 

pauza 

orqali 


ajratiladi.Gapdagi  pauzani  vertikal  chiziq  bilan  belgilasak,  u  holda  yuqoridagi 

darak  gapdagi  ikki  pauza  quyidagicha  ifodalanadi:  Viele  Studenten  /  badeten  am 

Tage. So‘z birikmalarining strukturalari va ma’nolari turli xil bo‘lib, gapda har xil 

sintaktik  vazifalarda  ishlatiladi.  Masalan:  So‘zlarning  o‘zaro  birikuvidan  leksik 

birliklar (interessantes Buch – qiziqarli kitob, die Pflicht eines jeden Bürgers – har 

bir fuqaroning burchi kabi). Frazeologik birliklar (Das kommt nicht in Frage – bu 




 

14

haqda so‘z ham bo‘lishi mumkin emas kabi) ikki gap bo‘lagining o‘zaro aloqasini 



(masalan:  to‘ldiruvchi  bilan  kesim  yoki  aniqlovchi  bilan  aniqlanmish  aloqasini) 

ifodalovchi  sintaktik  birikmalar  hosil  bo‘ladi.  Birikma  shu  kitobdagi  so‘zlarning, 

elementlarning  munosabatini,  butunlik  hosil  qilganligini  bildiradi,  bu  so‘zlarning 

aloqasi o‘sha elementlar orqali ifodalangan ma’nolarning munosabatini ko‘rsatadi. 

Masalan:  ongimizdagi  predmet  va  belgi  tasavvurlarining  munosabati  qizil  lenta 

formasidagi so‘z birikmasi bilan ifodalangan.  

 

Demak,  bunday  aloqalarning  asosida  obyektiv  borliqdagi  predmet,  harakat, 



belgi,  hodisalar  o‘rtasidagi  bog‘lanish  yotadi.  So‘zlarning  birikish  hodisasi 

ularning  ichki  va  tashqi  xususiyatiga  bog‘liq.  Masalan:  yuqoridagi  predmet  va 

belgi  tasavvurlarining  munosabati  sifat  bilan  otning  munosabati  (qizil  bayroq) 

orqali ifodalangan.  

 

Demak,  so‘zlarning  birikishi  aloqaga  kirishadigan  elementlarning  ma’nosi, 



leksik – grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq. Yana solishtiramiz: juda so‘zi sifat 

bilan  (ba’zan  fe’l  bilan)  birikadi,  (belgi  +  belgi),  lekin  ot  bilan  birikmaydi,  juda 

tulki  kabi  birikishlar  esa,  otning  (tulki)  belgi  tasavvurini  ifodalash  uchun 

ishlatilganligini  ko‘rsatadi.  Hokim  so‘z  harakat  oti  bo‘lganda,  tobe  so‘z  shu 

harakatning  subyektini  (bolaning  yugurishi)  yoki  obyektini  (planning  bajarilishi) 

bildiradi.  Birikmadagi  asosiy  ma’no  hokim  komponent  bilan  ifodalangan  bo‘ladi. 

Tobe 

element 


hokim 

komponentning 

ma’nosini 

turlicha 

izohlashga, 

konkretlashtirishga xizmat qiladi. 

 

So‘z  birikmasi  nominativ  funksiyani  –  atash  funksiyasini  bajaradi,  bu 



jihatdan u gapdan ko‘ra so‘zga yaqin turadi. So‘z birikmasining yolg‘iz o‘zi gapni 

tashkil  qilmaydi:  u  predikativ  bo‘lmagan  qo‘shilmadir,  demak,  fikr  ifodalamaydi  

(u  real  borliqning  biror  hodisasi  haqidagi  xabarni,  so‘zlovchining  bunga 

munosabatini  ifodalamaydi:  unda  gapga  xos  bo‘lgan  predikativlik,  intonatsion 

tugallik  yo‘q),  balki  gap  tarkibida  boshqa  so‘zlar,  birikmalar  bilan  bog‘lanib,  gap 

tuzish  uchun  material  bo‘lib  xizmat  qiladi.  So‘zlarning  paxta  ochildi  tipidagi 

predikativ  munosabati  odatda,  gap  hosil  qiladi,  shunga  ko‘ra  u  so‘z  birikmasi 



 

15

tizimiga  kirmaydi,  undan  keskin  farq  qiladi.  Ba’zan  elementlar  har  jihatdan  juda 



mustahkam bog‘lanib, bir so‘z tusida bo‘lishi  ham  mumkin. Bunday  vaqtda o‘sha 

kompleksdagi  elementlar  –  so‘zlar  orasida  sintaktik  mustaqillik  bo‘lmaydi,  ular 

ayrim-ayrim sintaktik vazifa bajarmaydi, balki butun birikma bir vazifani bajaradi, 

ma’noda maxsuslanish bo‘ladi. Bu kompleks bir so‘z deb qaraladi. Masalan: temir 

yo‘l qurmoq (bir birikma: temir va yo‘l elementlarining ikkalasi birgalikda bir so‘z 

hukmidadir).  Bu  jihatdan  ba’zan  so‘z  birikmasi  bilan  qo‘shma  so‘z  bir  shaklda 

bo‘ladi. Bularni grammatik – semantik xususiyatlar orqali aniqlaymiz. Masalan: oq 

qovun:  So‘z  birikmasi  (oq  tusdagi  har  qanday  qovun);  Qo‘shma  so‘z  (qovunning 

bir turi). 

 

Bu  tipdagi  bir  xillik  ko‘pincha  aniqlovchi  +  aniqlanmish  formasidagi 



birikishda  uchraydi.  Bularning  birinchisi  (so‘z  birikmasi)  nutq  hodisasi  bo‘lib, 

ikkinchisi (qo‘shma so‘z) til hodisasidir. 

 

So‘zlarning  o‘zaro  birikib,  bog‘lanib  so‘z  birikmasi  tashkil  qilish  hodisasi 



elementlarning  erkin  birikishini  ko‘zda  tutadi:  turg‘un  –  barqaror  birikmalar  – 

frazeologik  iboralar  boshqacha  xususiyatga  ega.  Bularda  erkin  bog‘lanish  emas, 

balki  grammatik-semantik  butunlik,  ajralmaslik  mavjud  bo‘ladi.  Bularda  odatda, 

bir  so‘z  hukmida  qaraladi,  demak,  butunligicha  birikmaning  bir  bo‘lagi  bo‘ladi. 

Masalan:  ko‘zini  yog‘  bosgan  (mag‘rurlanib  ketgan).  Erkin  birikmalardagi 

so‘zlarni talabga qarab almashtirish mumkin. Masalan: (katta rasm, chiroyli rasm). 

Bunday  hodisa  turg‘un  birikmalarda  yo‘q.  Turg‘un  birikmalarni  bo‘laklarga 

ajratish  ularning  etimologiyasi  tarixi  bilan  bog‘liq.  Bunday  birikmalar  ko‘p 

jihatdan bir so‘zga o‘xshash leksik xarakterda bo‘lishi sababli, leksik birikma deb, 

buning aksi – erkin birikmalar esa sintaktik birikma (sintaktik so‘z birikmasi) deb 

ham yuritiladi. 

 

So‘z  birikmasi  hosil  qilish,  undagi  komponentlarning  holati,  shu  tarkibdagi 



elementlarning  qaysi  so‘z  turkumiga  kirishi  va  shundan  kelib  chiqadigan 

grammatik  –  semantik  xususiyatlar  bilan  bog‘liq.  Masalan:  son  bilan  sifat  birika 

olmaydi;  kelishik  affiksi  olgan  yoki  ko‘makchi  bilan  birgalikda  qo‘llangan  otlar 



 

16

fe’l bilan birikkanda, keyingi so‘z (fe’l)  hokim bo‘ladi (muzeyga bormoq, telefon 



orqali  gaplashmoq  kabi),  kelishik  formasi  va  ko‘makchi  shu  otning  tobelik 

belgisidir.  Sifat  bilan  ot  birikkanda,  ot  hokim  bo‘ladi  (shirin  olma  kabi).  Ravish 

bilan  fe’l  birikkanda,  fe’l  hokim  bo‘ladi  (tez  yurmoq  –  schnell  gehen,  to‘satdan 

qichqirmoq  –  plötzlich  schreien  kabi).  Ana  shu  grammatik  xususiyatlarga  qarab, 

so‘z  birikmasi  tuzish  yo‘llari  ham  har  xil  bo‘ladi.  Demak,  bu  xususiyatlarga 

asoslangan klassifikatsiyada so‘zlarning leksik – grammatik kategoriyalari nazarda 

tutiladi. 

 

So‘z  birikmalari  tarkibidagi  so‘zlarning  o‘zaro  munosabatiga  qarab,  ikki 



yirik guruhga bo‘linadi: 

 

Teng komponentli so‘z birikmalari; 



 

Tobe  komponentli so‘z birikmalari. 

 

Teng    komponentli  so‘z  birikmalari  (die  Wortreihe)  gapda  uyushiq 



bo‘laklarning o‘zaro bog‘lanishidan tuziladi. 

 

Tobe komponentli so‘z birikmalari (das Wortgefüge) esa gapda bir so‘zning 



ikkinchi  so‘zga  tobelanish  (ergashish)  yo‘li  bilan  bog‘lanishi  natijasida  hosil 

bo‘ladi. 

 

Sintaksis  asosida  tobe  komponentli  so‘z  birikmalari  yotadi.  Shunga 



qaramasdan,  teng  komponentli  so‘z  birikmalari  ham  e’tibordan  soqit  qilinmaydi.                 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

17

 




Download 439,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish