39
XULOSA
Qiyosiy grammatika fani mustaqil fan sifatida o‘z tekshirish obyekti, metodi,
ilmiy-nazariy va amaliy aspektlariga ega. Hozirgi nemis va o‘zbek tillarida so‘z
birikmalarining qiyoslanishi quyidagi xulosalarni beradi:
1. Nemis va o‘zbek tillirida teng bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan so‘z
birikmalari tarkibidagi so‘zlarning hammasi bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi, boshqa
gap bo‘lagiga bir xil munosabatda bo‘lib, u bilan ergash birikma hosil qiladi.
2. Bunday birikmaning komponentlari sanash intonatsiyasi bilan aytilib, bir
turdagi predmet, harakat yoki holatlarni ifodalaydi.
3. Bir komponent ikkinchi komponentga qarama-qarshi qo‘yiladi.
4. Predmet yoki hodisalarning o‘rni almashinib turishi ko‘rsatiladi.
5. Teng komponentli so‘z birikmasidagi komponentlar biriktiruvchi,
zidlovchi kabi teng bog‘lovchilar bilan bog‘lanadi.
Teng komponentli so‘z birikmalarining qiyoslanayotgan tillarning faqat
biriga xos bo‘lgan grammatik xususiyatlari quyidagilar:
1. O‘zbek tilida nemis tilidan farqli o‘laroq uyushiq qator a’zolarining
grammatik shakli umumlashtirilishi, grammatik ko‘rsatkich uyushiq qatorga
yaxlitligicha qo‘shilishi mumkin.
Uyushuvchi shakllar tarkibidagi grammatik ko‘rsatkichlarni bunday
umumlashtirish nemis tiliga xos emas. Nemis tilida har bir uyushuvchi so‘zshakl
o‘zicha to‘liq grammatik shakllangan bo‘ladi.
2. Nemis tilida uyushiq fe’l kesimning har bir a’zosi, odatda mustaqil
grammatik shakllanadi.
O‘zbek tilida esa uyushuvchi a’zolarning grammatik ko‘rsatkichlarini
umumlashtirishdan tashqari, oldin joylashgan a’zoni betaraf shaklga kiritish ham
mumkin.
Ergashish yo‘li bilan tuzilgan so‘z birikmalarining qiyoslanayotgan tillar
uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlari quyidagilardan iborat:
40
1. Bunday birikmalar har ikki tilda ham ikki asosiy guruhga ajratiladi: otli
birikmalar, fe’lli birikmalar.
2. Otli birikmalar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
Ot + ot
Sifat + ot
Son + ot
Olmosh + ot
Ravish + ot
Sifatdosh + ot
3. Bunday birikmalarda tobe so‘zlar aniqlovchi vazifasini bajaradi va o‘zaro
bitishuv, moslashuv orqali birikadi.
4. O‘zbek tilidagi otli so‘z birikmalarida tobe so‘z hokim so‘zdan oldin
keladi. Nemis tilida esa tobe so‘z hokim so‘zdan oldin yoki keyin keladi.
Nemis tilida ham, o‘zbek tilida ham hokim so‘z fe’l bo‘lgan birikmalarda
ravish (ba’zan sifatlar), vositali kelishikdagi ot yoki harakat nomi va sifatdoshlar
tobe bo‘lib keladi. Bunday birikma komponentlari gapda to‘ldiruvchi va ravish
funksiyasini bajarib, bir-biri bilan so‘z tartiba yoki intonatsiya vositasida birikadi.
Nemis tilidagi fe’lli so‘z birikmalarida tobe so‘zlar hokim so‘zdan oldin
ham, keyin ham kelishi mumkin, o‘zbek tilida esa ular hokim so‘zdan albatta oldin
keladi.
Nemis tilida fe’l hokim so‘z bo‘lgan birikmalarda otlar fe’llarga predlogsiz
yoki predlogli vositali kelishik formasida biriksa, O‘zbek tilida esa vositali
kelishiklarda yoki ko‘makchi vositasida birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: