www.ziyouz.com
kutubxonasi
48
bilan bu itoatsiz qavmning orasini ajratgin...» («Moida» – 25).
35. U (xizmatkor) aytdi, «Buni ko‘ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan)
paytimizda, men baliqni (unga jon kirib, savatdan tushib ketganini) unutibman» («Qahf» – 63).
36. «... InshoOlloh, sen mening sabr-toqatli ekanimni ko‘rursan. Men biron ishda senga osiylik –
itoatsizlik qilmasman» («Qahf» – 69).
37. «Aniqki, sen men bilan birga sabr qilishga hargiz toqating yetmas, demaganmidim?!» («Qahf»
– 72).
38. Aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir...» («Qahf» – 78).
39. Sabr qiling, ey onajon, Siz Ollohga yaqinlashib, uning rizoligini topdingiz. Siz bilan jannat
orasida ikki qadamgina qoldi.
40. Muso (o‘zining xizmatkori) yigitiga: «To ikki dengiz qo‘shiladigan yerga yetmaguncha yoki
uzoq zamonlar kezmaguncha yurishdan to‘xtamanman» («Qahf» – 60).
41. Ey Dovud, darhaqiqat, biz seni yerda xalifa qildik. Sen kishilar orasida haqiqat bilan hukm qil!
(«Sod» – 26).
42. Ular dedilar: «Qo‘rqmagin, (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da’volashguvchi
(jamoat)dirmiz. Bas, sen bizlarning o‘rtamizda haq bilan hukm qilgin va (bizlardan biror tarafga) jabr
qilmagin hamda bizlarni tekis – to‘g‘ri yo‘lga boshlagin» («Sod» – 22).
43. Kishi o‘z nafsi tufayli halokatga uchraydi.
44. Dedi: «Parvardigorim, o‘zing meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin birontasi uchun
muyassar bo‘lmaydigan bir mulku davlat hadya etgin. Zero, yolg‘iz sening o‘zinggina (barcha
yaxshiliklarni) hadya etguvchisan» («Sod» – 35).
45. Sulaymonga ertalab bir oylik, kechki payt bir oylik (masofani bosib o‘tadigan) shamolni
(bo‘ysundirdik) («Saba’» – 12).
46. Axir ular o‘zlaricha Olloh osmon va yerni hamda ular orasidagi bor narsani faqat haq (qonun)
va belgilangan muddat bilan yaratganini (demak o‘sha muddat bitgach, dunyo tugab, oxirat
boshlanishini) tafakkur kilib ko‘rmadilarmi? Darhaqiqat, bu odamlardan ko‘pchilik qayta tirilib,
Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishni inkor qilguvchilardir.
47. Albatta, u Sulaymondir va u (maktubda shundan bitilgandir): «Mehribon va rahmdil Olloh
nomi bilan boshlayman. Sizlar menga kibr-havo qilmay, huzurimga bo‘ysungan holnigizda kelingiz!»
(«Naml» – 27).
48. (Shunda) jinlardan bir pahlavon aytdi: «Men uni sen o‘rningdan turishingdan ilgari senga
keltirurman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidurman» («Naml» – 39).
49. (Olloh dedi:)... «Darhaqiqat, Biz Sulaymonni imtihon qildik» («Sod» – 34).
50. ... Va uning taxti ustiga jonsiz jasadni tashladik («Sod» – 34).
51. «Aniqki, Biz Luqmonga hikmat ato etdik...» («Luqmon» – 12).
52. (Olloh dedi:) «Yunus ham, shubhasiz, payg‘ambarlardandir» («Saffon» – 139).
53. «Parvardigoringiz hukmiga sabr qiling va nahang baliq sohibi (Yunus payg‘ambar) kabi besabr
bo‘lmang!» («Qalam» – 48).
54. «... Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men (o‘z jonimga)
jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim...» («Ankabut» – 87).
55. «Qancha muddat (o‘lik holda) turding?» «Bir kun yo yarim kun», – dedi u Olloh dedi: «Yo‘q,
yuz yil turding. Taom va ichimligingga qara – buzilgan emas. Endi eshagingni (chirib, suyaklari ajrab
ketganini) ko‘rgin» («Baqara» – 259).
56. Yahudiylar: «Uzayr Ollohning o‘g‘li», – dedilar («Tavba» -30)
57. «... Parvardigorim, men qiz tug‘dim». Holbuki, Olloh uning nima tuqqanini bilguvchirog‘dir va
har qanday o‘g‘il va qiz kabi (bu qizning o‘rnini bosguvchi) emasdir «va men unga Maryam deb ism
qo‘ydim. Men bu qizga, uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh
berishingni sendan iltijo qilaman» («Oli Imron» – 33).
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |