www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
TARIXI ANBIYo VA HUKAMO»DAGI QUR’ONI KARIM OYaTLARI VA BOShQA
ARABIY IBORALAR TARJIMASI
1. Odamning loyini qirq kun (tong) o‘z qo‘lim bilan qordim.
2. Va u zot Odamga barcha narsalarning ismlarnni o‘rgatdi...
(Qur’oni majid «Baqara» surasi, 31-oyat. Bundan keyin sura nomi va oyatlar raqami beriladi).
3. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilar bilan
birga bo‘lishdan bosh tortti («Hijr» – 50).
4. Va albatta to jazo (qiyomat) kunigacha senga (barchaning) la’nati bo‘lur («Hijr» – 35).
5. Ey odam, sen esa jufting (Havvo) bilan jannatni maskan tutib... («Hijr» – 19).
6. ... Mana shu qarg‘achalik bo‘la olmadimmi? («Moida» – 31).
7. Va biz uni yuksak martabaga ko‘tardik («Maryam» – 57).
8. Parvardigorim, yer yuzida kofirlardan biron hovli-joy egasini qoldirmagin («Nuh» – 26).
9. ... u sening ahlingdan emas... («Xud» – 46).
10. ... hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham.. (o‘lim sizlarni topib oladi («Niso» – 78).
11. Biz: «Ey zulqarnayn, yo ularni azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomalada
bo‘lursan», – dedik («Qahf» – 86).
12. «Mana shu Parvardigorim» («An’om» – 76).
13. U ham botib ketgach: «Ey qavmim, men sizlarning shirkingizdan pokman» («An’om» – 78).
14 .... Ekin o‘smaydigan bir vodiy... («Ibrohim» – 37).
15. Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadiya qilgan zot – Ollohga hamdu sanolar bo‘lsin
(«Ibrohim» – 39).
16. Biron narsa U zotga o‘xshash emasdur. U eshitguvchi va ko‘rib turguvchidir («Sho‘ro» – 11).
17. «Ey ota, men tushimda o‘n bir yulduzni, yana quyosh va oyni ko‘ribman. Hammalari menga
sajda kilayotgan emish» («Yusuf» – 4).
18. ... Bu bashar (farzandi) emas... («Yusuf» – 31).
19. (Aytdi:) «Men sizlarga rizq bo‘ladigan (har qanday) taom oldingizga kelishidan ilgari uning
qanday taom ekanini, ta’vilini aytib bera olaman» («Yusuf» – 37).
20. (Aytdi:) «Ey o‘g‘illarim, (Misrga) bir darvozadan kirmanglar, balki boshqa-boshqa
darvozalardan kiringlar!» («Yusuf» – 57).
21. «Ey otajon, mana shu ilgari ko‘rgan tushimning ta’biridir» («Yusuf» – 100).
22. «Parvardigoro, biz bilan qavmimiz o‘rtasida haq hukm qilgaysan. O‘zing hukm
qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan» («A’rof» – 89).
23. Men sizlarning eng ustun Parvardigoringizman («Zan-najot» – 24).
24. «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki,
uning bizlarga naf’i tegsa yoki uni bola qilib olsak...» («Qasos» – 9).
25. Tilimdan tugunni – duduqlikni yechib yuborgin.
26. Mening o‘zim Ollohman («Toha» – 27).
27 «Parvardigorim, o‘zing men uchun huzuringda – jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va
uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin...» («Tahrim» – 11).
28. Ey Homon, men uchun bir (baland) qasr qurgin («G‘ofir» -36). 29. «...Asoying bilan»
dengizni urgin... («Shuaro» – 63).
30. Ollohdan, uning g‘azabidan panoh tilaymiz va yana panoh tilaymiz. nafslarimizning va
amallarimizning yomonligidan (Duo).
31. ... Eshitdik va bo‘yinsunmadik... («Baqara» – 93).
32. Ey yer, tut (yut) buni.
33. ... Bas, borgin, sen o‘zing va Parvardigoring ular bilan urushaveringlar («Moida» – 24).
34. «... Parvardigorim, men faqat o‘zimga va birodarim (Horun)ga egaman, xolos. Bas, o‘zing biz
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |