www.ziyouz.com
kutubxonasi
43
qoshig‘a elttilar. Podshoh bir manzarada o‘lturub erdikim, ani to‘rt sutun ustiga nasb qildilar. Obidqa
qatl hukmi qildilar. Obid duo qildi ersa, bir qushqa amr bo‘ldikim, ani ul banddin xalos qilib,
buyurdikim, ul sutunlarni tortib, ul imoratni yiqti. Va podshoh va xosi halok bo‘l-dilar.
Manquldurkim, Shamsun ming oy ibodat qildi. Va ahli Tafsir debdurlarkim, kalomullohda
«Laylatul-qadri xayrun min alfi shahr»
74
din maqsud ul ming oydur. Obidqa bu maxlas voqe’ bo‘lub,
xotunin taloq qildi.
Sh ye ‘ r:
Uldurur Obidi alal-itloq-
Ki, jahonning ajuzin etti taloq.
Jarih Rohib. Ibn Abbos razinallohu anhudin manquldurkim, Jarih otlig‘ ham Iso a. s. Zamonidin
so‘ngra bir obid yigit paydo bo‘ldikim, o‘n uch yoshiding ibodatqa mashg‘ul bo‘ldi. Va aning karomat
va xavorik odoti ko‘b mashhur erdi. Va ahli shirk doim aning iyzosig‘a, balki daf’ig‘a makrlar qilur
erdi.
Va Jarihning onasi bor erdi-solihan obida. Har kun bir qotla Jarih uchun taom kelturur erdi. Bir
kun taom kelturub, savmaa eshikin qoqti. Chun Jarih namozg‘a mashg‘ul erdi, eshik ochvrg‘a kechrak
kelib, onasi malul bo‘lub, duo qildikim, «Arokallohulvu-juhal muvmisot»
75
. Ya’ni Tengri taolo sanga
zoniya xotunlarning yuzin Ko‘rguzsun. Va onasining bu duosi mustajob bo‘lub, jam’iki aning qasdida
erdilar, bir zoniyani mol va’dasi bila firifta qilib, Jarihning savmaasig‘a rahnamolig‘ qildilar. Va ul
zoniya Jarihqa o‘z zinosi bila tuhmat qildi. Va ul ashror Jarihning bo‘ynig‘a ip taqib, maliklari
qoshig‘a eltib, malik Jarihqa qatl hukmi qildi. Onasn eshitib, malik suhbatig‘a borib dedikim,
o‘g‘lumning , bu tuhmatdin pokligiga guvohim bor, balki maning duom jihatidin bu balog‘a uchrabdur.
Malik dedikim, guvohing kimdur? Soliha ul zoniyani tilab, ilik qornig‘a qo‘yub munojotdin so‘ngra
qorindog‘i tiflni chorlog‘och, tifl labbayk, deb javob berdi. Soliha so‘rdikim, saning otang kimdur? Tifl
dedikim, falon qo‘ychi. Uch qotla savol bu erdi va javob bu. Bu ajib holdin borcha mutaajjub bo‘lub,
Jarihqa uzr qo‘ldi.
Delarki, tifl tuqqonda ham ahli fasod bu tuhmatni og‘oz qildilar. Uch kunluk tifl yana hamul
aytqon so‘zin aytti. Va Jarihni haq taolo ul balodin qutqordi.
Sh ye ‘ r:
Har kimsaki, pok esa dag‘odin,
Tengri ani asrasun balodin.
Hukamo zikri. Chun Luqmonning hikmati va nubuvvati orasida ixtilofdur. Va aksar el ani nabiy
debdurlar. Anbiyo zumrasida bitildi va hukamo orasida ham mazkur qilildi. Va andin bir-iki so‘z bila
mazkur qilinur. Ul debdurki, borcha yukni torttim, burchdin og‘irroq. yuk ko‘rmadim va borcha
lazzatni tottim, ofiyatdin chuchukrok sharbat totmadim, xushxo‘y yotlarg‘a qarobatdur va badxo‘y
qarobatlarg‘a yot. Andin so‘r-dilarkim, ne nimadurkim, foydasi borcha xaloyiqqa teyar? Dedikim,
yomonlarning yo‘qlug‘i. Va aning umri yuqori bitilibdur.
Sh ye ‘ r:
Yoshing Luqmondin ar xud bo‘lmasa kam,
Chu borg‘ungdur borur damdur hamul dam.
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |