Xuroson mulkida Tarxon eli orasida bo‘lur erdi. Fuqaro ahli mashrabi tavridin zohir erdi v.a bu toifa
istilohotidin xabardor, turkcha she’rg‘a mashhur va ma’ruf erdi. Bu toifa istilohi bila turkcha tarje’
aytibdur va ko‘p maoniy anda darj qilibdur va tarje’ining bandi bu bayt voqe’ bo‘lubdurki:
Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o‘zga vujudqa ne vujud.
731. Mavlono Ashraf q. s.
Hiriy shahrida bo‘lur erdi va so‘fiya tariqi bila suluki bor erdi. Boshig‘a kiyiz bo‘rk qo‘yar erdi va
nazm ahli akobiri bila suhbat tutub erdi. Ko‘pi ani darveshlik jihatidin ta’zim qilurlar erdi. Ko‘prak
avqotida «Xamsa» nazmig‘a o‘tkarur erdi. Oqibat ul-amr ul mutabarrak kitob itmomig‘a musharraf
bo‘lurg‘a tavqif topti. Bu baytni go‘yoki matlub visoli vaqti aytmish bo‘lg‘aykim,
b a y t:
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
www.ziyouz.com kutubxonasi
232
[Vasling sharafidan Ashraf bo‘ldik,
Davlatimiz ekan, musharraf bo‘ldik]
1
.