687. Mavlono Muhammad Chohu r. t.
Mujallidlig‘ san’atig‘a mashg‘ul erdi va Piri Sisadsola langarida sokin erdi. Bag‘oyat darvesh kishi
erdi. Ko‘b darveshlar suhbat va xidmatig‘a yetib erdi. Sakson yoshdin yuqori bo‘lub erdi, ammo
tavajjuhi va istimdodi Hazrat Shayx ul-islom ruhiyatig‘a g‘olib erdi, andoqki, har panjshanba sabohi,
albatta, o‘zin ul ostong‘a yetkurur erdi. Qabri ham ul takiyadadur.
688. Xoja Mahmud Faranhodiy r. t.
Mazkur bo‘lg‘on mavze’dindur. Yillar Xuroson mulkida salotin xidmatida vazorat qildiki, andin bir
ra’iyat ozurda bo‘lg‘ani eshntilmadn. Yetmish yoshdin tajovuz qilg‘an umrida iltimoslar bila
podshohdin istig‘no qildi. Ul muyassar bo‘lg‘ondin so‘ngra xalq bila ixtilot eshikin bog‘lab, ibodatg‘a
mashg‘ul bo‘ldi. Sakson yoshida Hajji muborak safarig‘a muvaffaq bo‘ldi. Va ul muyassar bo‘lub
kelganidin, so‘ngra ham uzlat tariqida ibodat qilur erdi, to sakson olti yoshida olamdin o‘tti. Qabri o‘zi
yasag‘on go‘rxonasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |