www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
ayturdin mone’ erdilar ayta olmadim. Alar mening sori boqib dedilarki, panjshanbae erdiki, oning bila
iyd orosida yana panjshanba yo‘q erdi. Alar sakkiz yuz oltmishda jumad ul-oxir oyining yettisida
chorshanba kuni dunyodin o‘ttilar.
460. Xoja Ubaydulloh q. s.
Hazrat Maxdumi n. m. n. «Nafahot ul-uns»ni bitirda zamon mashoyixu akobirdinki hayot qaydida
erdilar Hazrat Xoja Nosiruddin Ubaydullohdin o‘zga kishi ul tabarruk kitobda zikr qilmadilar va alar
zikru manoqibida aytilg‘onning tarjimasi budurkim, oyot mazhari va karomot va valoyot majmai
Xojalar tabaqasig‘a iltiyom robitasi va intizom silsilasi ul sharif qavmg‘a q. t. a. Hazrat Xoja va
alarning muxlislari va niyozmandlaridurlar. Umid uldurkim, alarning sharif vujudlari barakatidin bu
sharif silsilaning iltiyom va intizomi ilo yavmil qiyom imtidod topqay. Har necha bu faqirdin bu nav’
so‘zlar amsoli go‘stoxliq surati topar, ammo har necha o‘zum bila andisha qildim. Uzumdin oni topa
olmadimkim, xotir anga qaror bera olmag‘aymenki, bu majmu’aki, munung jam’idin maqsud bu
toifaning maorifining zikri va manoqibining nashridur, alarning zikridin xoli bo‘lg‘ay. Lojaram bu
sharif silsilaning manoqibi sharhin va ahvolin alarning ba’zi qudsiya kalimotlari bilaki, maorif
nigorxonalarining raqamzadasi bo‘lubdur, miskiyat ul-xitom qilildi. Hazrat Maxdumiy n. m. n. kim
alar vasfida bu nav’ nukta surubdurlar, alarning maorifidin ba’zi so‘z kelturubdurlar. Chun so‘z
bag‘oyat daqiqu biyik erdi va bu bebizoatning fahmi va idroki andin qosir. Alarning ba’zi holotiki, bu
haqirg‘a mavhum va yaqin erdi anga shuru’ qilildi. Alarning mavlidi Toshkandur va otalari darvesh
kishi ermish va ona tarafidin hamonoki, Shayxi Tahurki, ul viloyatda mutaayyin shayx ermish, anta
yetarlar va o‘zlarida bu ish choshnisi tufuliyat ayyomidin bor ermish. Yigit bo‘lg‘ondin so‘ngrakim,
sayohatg‘a qadam qo‘yubdurlar. Ko‘p mashoyix va avliyo xizmatig‘a yetib, suhbatlarig‘a musharraf
bo‘lubdurlar, Xuroson mashoyyxidin Hazrat Mirsayid Qosim Anvor q. s. xizmatlarig‘a yetibdurlar va
Shayx Bahouddin Umar r. t. mulozamatig‘a musharraf bo‘libdurlar va Shayx Zaynuddin Xavofiy
suhbatig‘a yetibdurlar va Mavlono Muhammad Asad va Mavlono Sa’duddin Koshg‘ariy bila suhbat
tutubdurlar va Movarounnahr mashoyixidin Xoja Muhammad Porso mulozamatig‘a yetibdurlar va
Xoja Abu Nasr suhbatig‘a yetibdurlar va Mavlono Nizomuddin Xomush bila suhbat tutubdurlar.
Mavlono Ya’qub Charxiy q. s. din irshodlar va tarbiyatlar topibdurlar va so‘ngralar Hazrat Xojag‘a
oncha muknat dast berdiki, ma’lum emaski, mashoyixdin hech kimga ul dast beribdur yo yo‘q. Mulkka
ajab istilo va salotin va mulukka g‘arib isrofu hukm, Movarounnahr salotini o‘zlarin alarning
muridzodalari va. mahkumi hukmi tutorlar erdi. Yo‘qki, yolg‘uz Movarounnahr salotini, balki Xuroson
va Iroq va Ozarbayjon, hattoki bir soridin Rum va Misrg‘acha va bir soridin Xito va Hindg‘acha
barcha muluk va salotin o‘zlarin Xojaning mahkumi hukmi va ma’muri farmoni tutarlar erdi va
ruq’alari bu saloting‘a oncha muassir erdikim, alarning ahkomi o‘z xuddomig‘a bo‘lmag‘ay va Hazrat
Xojaga zohir jam’iyati barcha abnoi zamondin ko‘prak voqe’ erdi. Andoqki, botin jam’iyatidag‘i
barcha abnoi zamondin balki ko‘p, moziy mashoyixdin dog‘i hamonoki ortug‘roq erdi va bu haqir bila
iltifotlari ko‘p bor uchun vahyi osor ruq’alari bila musharraf qilib, ishlarga ma’mur qilurlar erdi.
Ul ruq’alarni muraqqa’ yasab, mujallad qilib, jadval va takallufot bila tabarruk yo‘suni bila asrabmen.
Umidim ulki, alarning barakotidin bu ishning zavqi va talabi nasib bo‘lg‘ay. Alarning yoshi to‘qsondin
olti oy o‘ksuk erdi. Sakkiz yuz to‘qson to‘rtda dunyodin o‘ttilar. Alarning ashobidin irshod va talqing‘a
musharraf bo‘lg‘onlardin Mavlono Qosim va Mavlono Xoja Ali va Mavlono Mir Husayn va Mavlono
Mir Muhammad va Mir Abdulavval va Mavlono Burhonuddin va Mavlono Lutfulloh va Mavlono
Husayn Turk va darvesh Ahmad Jomiy erdi va yana dog‘i darveshlar bor erdilar va muxtasarda
munchasi sobit bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |