435. Shayx ul-islom Ahmad Nomaqiy Jomiy q. s.
Kuniyati Abu Nasr Ahmad. b. Abulhasandur va Jarir b. Abdulloh Jabaliy farzandlaridindur
raziyollohu anhuki, Rasul s. a. v. vafot qilgan yil musulmon bo‘ldi. [Alloh undan rozi bo‘lsin, dedi:
Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh s. a. v. ziyoratidan mahrum qilmadi va doimo menga
tabassum bilan boqardi]
1
Va ul baland qadu bisyor jamil erdi. Amir ul-mu’minin Umar r. a. anga bu ummatning Yusufi ot
qo‘yub erdi. Hazrat Shayxqa Hazrati Haq s. t. qirq ikki fyarzand berib erdi, o‘ttuz to‘qquzi o‘g‘ul va
uchi qiz. Shayx-ning vafotidin so‘ngra o‘n to‘rt o‘g‘ul va uch qiz boqiy erdi. Va bu o‘n to‘rt o‘g‘ul
barisi olim va omil va komil va sohibi tasnif va sohibi karomot va valoyat. Va xalqning muqtadosi-yu
peshvosi erdilar. Va o‘zi ummiy erdi va yigirma ikki yoshida tavba tavfiqi topti va tog‘qa chiqdi. Va
o‘n sakkiz yil riyozatlar tortqondin so‘ngra qirq yoshida ani xalq ichiga yuboribdurlar va ladunniy ilm
eshiklarin yuziga ochibdurlar. Va uch yuz toy qog‘azdin ortuqdurki, tavhidu ma’rifat ilmida va sirru
hikmat ma’rifatida va tariqat ravishida va haqiqat bayonida tasnif qilibdurki, hech olim va hakim anga
e’tiroz qilmaydur va qila olmaydur. Bu tasnifot barcha oyoti Qur’oniy va Rasul s. a. v. axbor va
ahodisi bila muqayyad va muayyaddur. Hazrat Shayx q.s. «Siroj us-soirin» otlig‘ kitobida
kelturubdurki, qirq yoshimdan beriki, meni xalq orasig‘a yuboribdurlar, bu kungachakim, oltmish ikki
yoshimdamen va bu kitobni farmon bila jam’ qiladurmen, yuz sakson ming kishidurki, bizing
ilgimizda tavba qilibdur. Va andin so‘ngra dag‘i ko‘p yil Hirotda ermishlar. Shayx Zahiriddin Isoki,
Shayxning farzandlaridin biridur, «Rumuz ul-haqoyiq» kitobida kelturubdur. Bizing Shayx iligida
umrlarining oxirig‘acha olti yuz ming kishi tavba qilibdurlar, ma’siyat yo‘lidin toat tariqig‘a
kiribdurlar. Va Shayxning Xirqa piri Hazrat Shayx Abu Said Abulxayr q. r. dur. Va aning sharhi
budurkim, Hazrat Shayx Abu Saidqa bir xirqa bor erdikim, anda toat qilur erdi.
Mundoq debdurlarki, ul xirqa Amir ul-mo‘minin Abobakr Siddiq r. a. din meros qolib erdi
mashoyixqa. To navbat alarg‘a yetib erdi, alarga ko‘rguzdilar va amr qildilarki, ul xirqani Ahmadqa
taslim qil! Shayx Abu Tohirg‘akim, alarning farzandi erdi, vasiyat qildilarkim, mening vafotimdin
necha yildin so‘ngra bir, navxat buyuk buyluq, azraq ko‘zlug‘ Ahmad otlig‘ yigit sening
xonaqohingdin kirgay va sen ashob orasida mening o‘rnumda o‘lturmish bo‘lg‘ansen, zinhorkim, bu
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |