428.Qurbanj r. t.
Shayx ul-islom debdurki, ul pire erdi, darvesh va valoyat sohibi. Va qabri bizing Gozurgohdadur. Bir
kun Xoja Abu Abdulloh Abu Zahlg‘a yetdi. Dediki, ey Abu Zahl o‘g‘li, qachon bo‘lg‘ayki, seni yuqori
o‘lturqaylar va meni quni? Xoja hushyor erdi, bildiki, buzurg kishidur. Dedi: ey Shayx,
bo‘laolmag‘ayki, seni yuqori o‘lturtqaylar va meni quyi. Shayx dedi: Abu Zahl o‘g‘li ranjur bo‘lma, ne
mazasi bo‘lg‘ayki, meni yuqori o‘lturtqaylar va seni quyi? Bir haftakim o‘tti, Xuroson hokimi ani
tutub, qo‘rg‘onig‘a yubordiki, bir toqta kivurub eshikni qo‘pordilar, to anda dunyodin o‘tti.
Do'stlaringiz bilan baham: |