253. Abubakr Kafshiriy q. s.
Kafshir Shomda bir kentdur. Ul debdurki, Bani Isroyil tihida borur erdim. Manga parzada o‘tmak va
chboqla havas bo‘ldi. Filhol boqda sotquchining uni keldi tihdaki qoshimg‘a kelturdi. Shayx ul-islom
debdurki, bu karomat emaski, Tasavvuf tariqida beg‘arodur.
Bir darvesh bodiyada suvsiz bo‘ldi, oltin qadahda sovuq suv ollida hozir qildilar. Ul darvesh dediki,
sening izzating haqqiki, bu suvdin ichmag‘aymen, magar bir a’robiy iligidinki, meni silliy urg‘ay va
suv bergay, yo‘q ersa karomot bila suv kerakmas. G‘urur xavfidin muni dedi. Va dedi: qodirsen
angakim, mening javfumda suv ijod qilg‘aysen, ya’ni zohir karomot makrdin emin bo‘lmag‘ay.
Shayx ul-islom debdurki, haqiqat karomot bila durust bo‘lmaskim, haqiqat xud karomotdur va
karomot zuhhod bila abdolg‘a bo‘lg‘ay.
Do'stlaringiz bilan baham: |